Ogohlantirishlarga qaramasdan neft mahsulotlaridan foydalanishda noqonuniy holatlar aniqlanmoqda


Download 13.03 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.03 Kb.
#1520836
Bog'liq
........


Ogohlantirishlarga qaramasdan neft mahsulotlaridan foydalanishda noqonuniy holatlar aniqlanmoqda.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ishchi guruh a’zolari bilan 16-dekabr kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida neft mahsulotlaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Chirchiq bo‘yi ko‘chasida joylashgan “HETING OIL” MChJga qarashli hududda 4 ta sintetik qopga joylangan 24000 litr, 3 dona nostandart elim idishlarda 2500 litr va 1 dona nostandart metall sig‘imda 1000 litr ishlatilgan moy mahsuloti hamda 24 dona nostandart elim idishlarda jami 480 litr o‘choq yoqilg‘isi .
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles yoli ko‘chasi, “Qoplonbek” chegara posti yaqinida joylashgan, avtoturargox ichida bo’lgan 86 dona 10 litrlik jami 860 litr neft mahsulotlari nostandart elim idishlarda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda, fuqarolarning hayotini xavfga qo‘ygan holda saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi.
Ushbu neft mahsulotlari rusumiga aniqlik kiritish va sifat tahlilari o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartibda namunalar olinib, “O`zneftgazinspeksiya” Toshkent kimyo-nazorat laboratoriyasiga yuborildi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ishchi guruhlar tomonidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
▶️@minenergy_uz
Download 13.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling