Ogohlik va xushyorlik davr talabi. 1-Dekabr butun jahon oits ga qarshi kurashish kuni


Download 25.49 Kb.
bet2/2
Sana20.09.2023
Hajmi25.49 Kb.
#1682966
1   2
Bog'liq
Ogohlik va xushyorlik davr talabi

Po’lat Safarov O’zbekiston Milliy axborot agentligi – O’zA muxbiriga quyidagilarni so’zlab berdi.
– Prezidentimiz rahnamoligida erkin, ozod va farovon hayotimiz, g’urur-iftixorimiz timsoli bo’lgan eng ulug’, eng aziz bayramimizning 19 yilligini keng nishonlash uchun viloyatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi P.Safarov. – Bayram tadbirlarini tinch va ko’tarinki ruhda o’tkazishni ta’minlash uchun ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ham katta mas’uliyat bilan ish olib borilayotir.
Tinchlik va osoyishtalikni asrash, turli ko’rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olish ichki ishlar idoralari xodimlarining asosiy vazifasidir. Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasida mazkur soha xodimlarining tezkorlik bilan olib boradigan harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati IIB idora va tizimlarida xodimlarga yaratib berilayotgan har tomonlama qulay sharoit, zarur zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan xizmat xonalari ularning o’z burchini bajarishga bo’lgan mas’uliyatini yanada oshirmoqda. Zero, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda va sodir bo’lgan holatlarni tezkorlik bilan ochishda ichki ishlar idoralari xodimlarining o’z vazifalariga sidqidildan yondashishi muhim rol o’ynaydi.
Joriy yilning o’tgan olti oyi davomida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan ko’plab jinoyatlar tezkorlik bilan ochildi. Natijada bezorilik, jamoat tartibini buzish, o’g’rilik, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik bilan bog’liq holatlarning sodir bo’lishi o’tgan yilning shu davriga nisbatan birmuncha kamaydi.
Viloyatimiz Qozog’iston va Tojikiston davlatlari bilan chegaradosh. Ushbu chegara hududlar daxlsizligini, xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va xotirjamlikni barqaror ushlab turish kundalik faoliyatimiz asosini tashkil etadi. Mazkur hududlardagi 16 militsiya tayanch punktlarida muntazam «Antiterror», «Tozalash» kabi tadbirlar o’tkazilmoqda. Bundan tashqari chegara hududlarda tinchlikni barqaror saqlash va aholi xotirjamligini ta’minlash maqsadida tezkor harakat guruhlari tashkil etilgan.
Tinch va osoyishta hayotni ta’minlashda mahallaning o’rni beqiyos. Viloyatimizdagi mavjud 275 mahallada bu borada keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz. Bunda mahalla faollari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati vakillari, xotin-qizlar qo’mitalari, fuqarolar yig’inlari maslahatchilari bilan o’rnatilgan hamkorlik yaxshi samara berayotir. Chunonchi, hamkorlikda olib borilayotgan tushuntirish-targ’ibot ishlari samarasida mahallalarda yashaydigan 60 millat va elat vakillari bo’lgan aholi o’rtasida totuvlik va o’zaro hamjihatlik ta’minlanmoqda. Bu jamiyatimizda osoyishtalikni saqlashning muhim omillaridandir.
Yo’l-patrul, profilaktika xizmati xodimlari ogohlik va sergaklik bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Ayniqsa, chegara hudud bo’lgan Xovos va Sirdaryo tumani IIB idora va tizimlarida faoliyat ko’rsatayotgan militsiya tayanch punktlari xodimlarining mas’uliyati yanada oshirilgan. Ularning o’z xizmat vazifalarini ko’ngildagidek bajarishlari uchun joylarda barcha sharoit yaratilgan. Ular tomonidan mahallalarda, umumta’lim maktablari o’quvchilari va kollej talabalari o’rtasida keng targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bunda xodimlarimizga mahalla posbonlari yaqindan ko’mak berayotir.
O’quv yurtlari, mahallalar, yoshlar markazlarida o’tkazilayotgan «Ogohlik – davr talabi», «Biz giyohvandlikka qarshimiz», «Odam savdosi – asr vabosi», «Yurting tinch – oilang tinch», «Kuch – ahillikda, birdamlikda» kabi turli mavzudagi tadbirlarda yoshlarning faol ishtirok etayotgani va ularda tinchlikni asrab-avaylashga hissa qo’shishga intilish kuchli ekani ayniqsa e’tiborlidir. Bunday tadbirlarni viloyatning barcha tuman va shaharlari mahallalarida, xususan chegaradosh hududda joylashgan aholi punktlarida o’tkazishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Xovos tumanining chegaradosh hududlari – Sharqobod, Oqchangal qishloqlarida, Sirdaryo tumanining “Quyosh” mahallasida, Boyovut tuman kasb-hunar kollejida o’tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.
Yong’in xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda mutasaddi idoralar tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yong’in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilinishi muntazam nazorat qilib borilayotir.
Eng ulug’, eng aziz bayramimizni nishonlash arafasida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va ularni tezkorlikda fosh etishga yanada katta mas’uliyat bilan yondashmoqdamiz. Xodimlarimiz ko’cha-ko’yda, mahalla, jamoat joylarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish yo’lida sidqidildan foliyat olib bormoqda.
Bir so’z bilan aytganda, viloyatimizda bayram tadbirlari tinch va osoyishta o’tishi uchun barcha zarur choralar ko’rilmoqda. Bularning hammasi Prezidentimiz rahnamoligida xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratib berish, inson manfaatlarini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar samarasidir. Zero, “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” degan ezgu g’oya zamirida ham ana shu olijanob maqsad mujassamdir.
Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling