Og'zaki bayon usullari reja: Og’zaki bayon usullari: hikoya, suhbat, tushuntirish, o’quv ma’ruzasi
Download 117.5 Kb.
|
7.og\'zaki bayon usullari
Evristik suhbat metodida o’qituvchi o’quvchilar oldiga ma’lum bir
muammoli masalani qo’yadi. So’ngra o’qituvchi yordamchi savollar va ayrim ma’lumotlarni eslatish yo’li bilan o’quvchilarni ilgari olgan bilimlariga tayanib muammoni mustaqil xal etishga undaydi. Bu yerda o’qituvchi o’quvchilarni bilish faolligi ustidan nazorat qiladi, savollar shunday qo’yilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni isbotlashi va shu fikrni davom ettirishi zarur. Masalan, Markaziy va Sharqiy Osiyoda havo haroratining yillik farqi qanday?, Markaziy va Sharqiy Osiyo yillik harorati favrqining sababi nima?, Iqlim diagrammasiga qarab Sharqiy Osiyoda yil davomida yog’inning taqsimlanishini aniqlang?, Yog’in nima uchun ko’p yog’adi? Mazkur savollarga o’quvchilar javob berganlaridan so’ng Markaziy va Sharqiy Osiyo iqlimlarining turi aniqlanadi. Markaziy Osiyo iqlimi quruq va o’zgaruvchan, Sharqiy Osiyoniki esa nam. Evristik suhbat katexezik suhbatga nisbatan murakkabroq. Evristik suhbat o’tkazganda o’quvchilarga keng ma’noda gapirishga imkon beriladi, bunda ular hayotiy tajribaga qiyoslashga va fikrlashga asoslanishadi. Evristik suhbat asosan yangi o’quv materialini o’tishda va umumlashtiruvchi takrorlashda qo’llaniladi. Tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursida Evristik suhbat barcha mavzularni o’rganishda qo’llanishi mumkin. Materiklar va okeanlar geografiyasida va jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida Evristik suhbat quyidagi mavzularni o’rganishda qo’llanishi mumkin: materikni yoki mamlakatni geografik joylashishini aniqlashda; turli o’lkalar va mamlakatlar tabiiiy sharoitining asosiy xususiyatlarini o’rganishda; Har qanday suhbatning samarasi o’qituvchining savoliga bog’liq. Shuning uchun darsga tayyogarlik davomida o’qituvchi beriladigan savollarni o’ylab ko’rishi lozim. Birinchi navbatda bir-biri bilan mantiqan bog’langan va bir-birini to’ldiradigan, o’quvchilar bilimiga tayanadigan va o’quvchilarni xulosalar chiqarishga undaydigan savollar tuzish lozim. Didaktik maqsadlarga ko’ra suhbat 3 turga bo’linadi: Kirish, yangi bilimlarni o’rganish; umumlashtiruvchi yoki yakuniy suhbat. - kirish suhbati: maqsadi yangi bilimni puxtaroq o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan (ilgari o’zlashtirilgan) bilim va ko’nikmalarni o’quvchilar xotirasida qayta tiklashdan iborat. O’quvchilar geografik borliq va xodisalar o’rtasidagi aloqalarni mustaqil aniqlashdan iborat bo’lgan vazifalarni bajaradi. O’quvchilar karta va boshqa qo’llanmalar vositasida yangi bilimlar eski bilimlar bilan bog’lanadi. Masalan, Afrika iqlimini o’tishda V-sinfda va yil boshida o’zlashtirishgan iqlim tushunchasi esga solinib, iqlimga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi - yangi o’quv materiallarini o’rganish suhbati. Bunda yangi mavzu o’quvchilarni ilgari olgan bilimlariga tayangan holda o’rganiladi. Mazkur suhbatning eng asosiy qismlari o’quvchilar tomonidan qaytarilishi lozim. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini o’rganayotganda tabiiy geografik rayonlarni ajratish tamoillariga e’tibor beriladi. Bayon qilingan metodlar o’qituvchi tomonidan xulosalanishi va mazkur materialni o’zlashtirilganligi tekshirib ko’rish lozim. Shundan so’ng o’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil qilish lozim; -yakunlovchi suhbat. Ma’zkur takrorlash va bilimlarni muayyan bir tartibga solish, shuningdek o’rganilgan bilimlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish hamda kengaytirishda tatbiq etiladi. Bunda o’quvchilar xulosalar chiqrishga o’rgatiladi. Bu suhbat yirik mavzular, qismlarni o’tgandan keyin qo’llaniladi. Suhbat davomida beriladigan savollar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1.Savol va javoblar aniq va ravshan bo’lishi kerak. 2.Qo’shaloq savol bermasligi kerak. Masalan, Xisor tog’larida qanday relьf shakllari tarqalgan va ular qanday paydo bo’lgan? Jamolungma cho’qqisini kim qachon zabt etgan? 3.Cavollarda keraksiz so’zlar bo’lmasligi, javobi sezilib turadigan savollar ham bermasligi lozim. Masalan kuzatuvchi yuqoriga ko’tarilgan sari ufq chizig’i kengayadimi? 4. Murakkab yoki “Ha” yoki “Yo’q” javobini talab qiladigan savollar bo’lmasligi lozim. Masalan, Volga daryosi Kasbiyga quyiladimi? 5.Savollar o’quvchini o’ylab ko’rishni, muhokama qilishni talab etadigan shaklda tuzilishi kerak. Savollarning murakkabligi sinflarga qarab murakkablashib boradi. V sinfda beriladigan savollar murakaab javoblarni talab qilmaydi. Masalan, daryo qaerdan boshlanadi?, Daryo qaerga quyiladi? U qaysi yo’nalishda oqadi? VI sinfda o’rganiladigan «Materiklar va Okeanlar tabiiy geografiyasida» savollar biroz murakkablashadi. Berilgaan savollar o’quvchilarning o’ylab ko’rishga va ma’lum bir aqliy faoliyatni amalga oshirishga majbur etiladi. Masalan, Anxil sharsharasini geografik joylashishini aniqlang. VII sinfda savollar yanada murakkablashadi, bunda savolga javob berish uchun o’quvchilar katta aqliy faoliyatni amalga oshirishlari lozim. Masalan, O’zbekiston tabiiy haritasida qanday prosk-(andozalar) tuzilgan? O’zbekistonda Tyanьshan tog’ tizmasining qaysi qisimlari joylashgan? Yuqori sinflarda o’rganiladigan iqtisodiy va ijtimsoiy geografiya kurslarida o’quvchilarga keng va to’liq javobni talab qiladigan savollar beriladi. Masalan, jahon davlatlari qanday guruhlarga bo’linadi?, Yoqilg’i-energetika sanoati O’zbekistonni qaysi iqtisodiy rayonlarida yaxshi rivojlangan? Geografiya ta’limida suhbat metodi ko’p hollarda karta va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash metodlari bilan birga qo’llaniladi. Ayrim xollarda suhbat metodi hikoya va tushuntirish elementlarini ham o’z ichiga oladi. Shunday qilib suhbat metodi geografiya ta’limida asosiy metod sifatida ham, yoki alohida usul sifatida ham qo’llaniladi. O’qituvchi tomonidan muammoni quyilishi va uni yechish yo’llarini asoslashga muammoli bayon metodi deb ataladi. Mazkur metod yordamida o’qituvchilar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va geoekologik muammolarni yechish yo’llari va ularni asoslash usullari haqida ko’nikmalarga ega bo’lishadi. Download 117.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling