Og'zaki ko'rsatmalar berishni shakllantirishning psixologik qoidalari


Download 24.81 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi24.81 Kb.
#259032
1   2   3   4   5
Bog'liq
nuriddin yoqubjonov

Notiqlik mahorati psixologiyasi

Rahbaming topshiriq berishining (ko'rsatma ) ikkita mustaqil omili mavjud. Birinchisi — topshiriq berish mazmuni. Ikkinchisi — uning psixologik shakli. Bu shakllar bir-biri bilan bog'liq emas. Topshiriq berish mazmuni shaxs sifatida tan olmaslik va shaxs sifatida tan olish, tasdiq, so'roq, direktiv shakllarda bo'ladi. Ko'rsatma berish mazmunining dasturini xodimning harakatlari belgilaydi (qayerga borishi, nimanidir qilishi). Rahbaming ko'rsatma berishining psixo-logik shakli motivatsiya darajasini, munosabatni aniqlab beradi. Rahbar barcha «oltin so’zlarni», «munosabatlar oynasini», «ismini aytishni», «shaxsini tan olmaslikni», «faqat savol!» kabi usullami qo'llasa ham xodim bu topshiriqlar o'zida qiziqish uyg'otmasa natija past bo'ladi.

Ritorika — ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok qilishning boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti ishonarli nutqning qoida va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon mavjud. Keyinchalik esa bu chiroyli so'zlashning ilmiy-falsafiy yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san’atni ham fanni ham qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasiga kommunikativ ishonchning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish sifatida qaraladigan bo'lsa, ta’kidlash kerakki, har qanday kasbda

inson omilida ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbaming xodimga, o'qituv-chining o'quvchiga, shifokorning bemorga, sotuvchining xaridorga, avtoinspektorning haydovchiga ko'rsatadigan ta’siri uchun ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiya muammosini hal qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun jamiyatning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari lozim. Hozir esa empirik psixologiya to'plagan nazariy bilimlardan foydalanib, ish uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarning oldini olish kerak. Chunki har qanday kasbda kishilarga ta’sir qilish uchun ishonch fenomeni muhim.



Download 24.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling