Og’zaki nutq


Download 7 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi7 Kb.
#1787358
Bog'liq
Ifodali o‘qish

Termiz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim (sirtqi) yoʻnalishi 2-kurs 22-11-guruh talabasi Abdullayeva Dilfuzaning Ifodali o‘qish fanidan tayyorlagan taqdimoti

Termiz davlat Pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim (sirtqi) yoʻnalishi 2-kurs 22-11-guruh talabasi Abdullayeva Dilfuzaning Ifodali o‘qish fanidan tayyorlagan taqdimoti

IFODALI o‘QISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Reja:

1.Ifodali o ‘qish san’atining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ro‘li.

2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.

 3. Ifodali o‘qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.

 4. Ifodali o‘qishning amaliy ahamiyati.

Ifodali o‘qish san’atining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ro‘li.

  • Ifodali o‘qish, avvalo, xalq san’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastavval xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo bo‘lgan. Xalq yaratgan asarlarning keng tarqalishida esa og'zaki ijrochilik san’ati muhim ahamiyat kasb etgan.
  • Qo‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunalarini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir paytning o‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Binobarin, asrlar davomida yaratilgan afsona va rivoyatlar, maqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, og'zaki ijrochilik, ifodali nutq san’ati tufayligina bizgacha yetib keldi.

e’tibor beriladigan masala:


1
    • «Ifodali o‘qish», «notiqlik», «nutq madaniyati», «notiqlik san’ati» iboralari nimani anglatadi?

2
    • Notiq bo‘lish oson emas! Lekin, qiyin ham emas?!

3
    • Muomala, aloqa va hamkorlikda gaaap ko‘o‘o‘p!

4
    • Notiqlik san’ati ahamiyatlimi? Yoki ...

NUTQ – NOTIQ – SUXANDON


NOTIQ – so‘zlovchi, gapiruvchi, fikrlovchi, gapga chechan, usta, so‘zamol.
SUXANDON – so‘zni biluvchi, ravon gapiruvchi, so‘zamol, badiiy so‘z ustasi.
NUTQ – so‘zlash, gapirish qobiliyati. Jamoat oldida aytiladigan, o‘qiladigan gap.

Notiqlik ...


Omma oldida so‘zlash san’ati!
To‘g‘ri gapirish haqidagi fan!
Ishontirish san’ati!
Ifodali o‘qish va notiqlik san’ati
chiroyli nutq tuzilishining
qonuniyatlari sirlari
Til normalari Nutq sifatlari
nutqiy uslubning nozik tomonlarini
his qilish
hal etish
NUTQ MADANIYATI
adabiy til madaniyati va uning mezonlari bilan bog‘liq
nutqning ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushuncha
butun xalqning nutqini madaniylashtirishdan iborat
ko‘proq nutqning til qurilishi – lisoniy tuzilishiga ahamiyat beradi
NOTIQLIK SAN’ATI
adabiy til madaniyati asosiy mezon emas
faqat og‘zaki nutq bilan bog‘liq hodisa
alohida shaxslarning nutqiy mahoratini ifodalaydi.
asosan nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishiga ahamiyat beradi
TA’SIRCHAN NUTQNING AHAMIYATI
badiiy tafakkur rivojiga ta’sir ko‘rsatadi
Ajdodlarimiz, so‘zni, nutqni ilohiy ne’mat, hikmat deb qarashgan
ijtimoiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanadi
qisqagina bir nutq katta-katta kitoblar qilolmagan ishni amalga oshiradi
aytilgan so‘z yurakdan chiqsa odamlar qalbida ham unutilmas iz qoldiradi

Unsurul-maoliy Kaykovus:

  • “...Kishining martabasini so‘zi bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur”

Og’zaki nutq

  • Voizlik
  • Notiqlik’
  • Suxandonlik
  • Qissago’ylik
  • Roviylik
  • Badihago’ylik
  • Askiyachilik
  • Maddohlik

qiroatxonlik (adiblar nomi bilan bog’langanlar)

  • Yassaviyxonlik
  • Navoiyxonlik
  • Boburxonlik
  • Bedilxonlik
  • Mashrabxonlik
  • Ogahiyxonlik

Janr nomi bilan bog’liq qiroatxonlik

  • Qasidaxonlik
  • Masnaviyxonlik
  • G’azalxONLIK
  • Muxammasxonlik
  • Ruboiyxonlik
  • Qissaxonlik
  • xamsaxonlik

Yozma nutq

1. Dabirlik

2. Kotiblik

3. Munshiylik (mirzolik)

4. Xattotlik

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Kaykovus. Qobusnoma. -Toshkent: O‘qituvchi, 1986.

 2. N .Mahmudov. O‘qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.

3. S.Inomxo'jayev, A.Zunnunov. Ifodali o‘qish asoslari. - Toshkent: O‘qituvchi, 1978.

4. Z. Masharipova. Ifodali o’qish praktikumi Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011.


Download 7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling