«oi la rasmi» metodi kasi
Oila a’zolarining joylashishi
Download 53.12 Kb. Pdf ko'rish
|
«oi la rasmi» metodi kasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili
Oila a’zolarining joylashishi
Rasmda oila a’zolarining joylashishi oiladagi o’zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin. Oilaning jipsligi, oila a’zolari bir-birlari bilan ko’l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko’rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama - qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning past darajasidan dalolat beradi. Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o’zini alohida ajratib ko’ysa, bu unda ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa. bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida tahmin qilish mumkin. 4 Rasmda oila a’zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi. Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili Oila a’zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’zosiga nisbatan emotsional munosabatini, bola uni kanday idrok etishi, bolaning «Men - obrazi», uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’lumotlar berishi mumkin. Bolaning oila a’zolariga emotsional munosabatini baholashda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: 1) tana detallari miqdori: bosh, soch, kuloqlar, ko’zlar, ko’z qorachig’i, kipriklar, qosh, burun, yuz, og’iz, bo’yin, elka, qo’llar, kaft, barmoqlar, oyoq, tovonning mavjudligi; 2) kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ntak, kamar, tugmacha, soch turmak elementlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar; 3) figurani chizishda qo’llanilgan ranglar miqdori. Odatda insonga bo’lgan ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda ijobiy (pozitiv) kontsentratsiyada namoyon bo’ladi, ya’ni tana detallarining miqdori, kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar ko’llanilishida ifodalanadi. Va aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’zida tananing muhim qismlari (bosh, oyoq, qo’l) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota yoki onasini ko’rinishini kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba’zida esa, chizilgan figuraning munosabati oila a’zolari real munosabatlariga mos kelmaydi, masalan, 7 yoshli bola o’z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’lib xizmat qilishidan dalolat beradi. Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu oilada ona avtoritar boshliq bo’lib, dominantlik qiladi. Ba’zi bolalar o’zlarini hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib chizadilar. Bu esa bir tomondan, bola egotsentrizmi sababli, ikkinchi tomondan, qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’kidlash maqsadida qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish yoki umuman chizmaslik hollari ham uchrashi mumkin. O’zlarini ahamiyatsiz, ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan mehribonchilik, g’amxo’rlik talab qiluvchi bolalar o’zlarini boshqa oila a’zolariga nisbatan ancha kichik xajmda tasvirlaydilar. Shuningdek, impulsiv o’ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’zlarini juda katta, hatto butun daraxt hajmida tasvirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi mavjud bolalar o’zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar. Oila a’zolarining xususiyatlarini tahlil qilishda tananing har bir qismlari tasviriga alohida e’tibor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayyan 5 faollik sohasi bilan boglangan bo’lib muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Qo’llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’llarini baland ko’targan holda tasvirlagan bo’lsa, barmoqlari uzun bo’lsa, bu ko’pincha uning agressiv istaklari bilan bog’langan bo’ladi. Ba’zida tashqi ko’rinishdan yovvoyi ko’ringan bolalar ham shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’z zaifligini kompensatsiya qilish, kuchli bo’lish istagi, hukmronlik xohishidan ham darak berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’llar bilan bir qatorda keng elka va shunga o’xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada ishonchli bo’ladi. Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo’l chizadi, o’ziga esa chizishni «unutadi». Agar bunda bola o’zini noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa - bu kuchsizlik, oiladagi o’zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni hadtsan ziyod nazorat qilishi, uning faolligini bo’g’ishi hissidan darak beradi. Bosh - «Men» lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi. Yuz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi. 3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza boshlaydilar. Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’z, og’izni tushirib koldirsalar, bu mulokat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat beradi. Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi. Qizlar o’gil bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’proq e’tibor beradilar, ular ko’proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya). Tish va og’izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola o’zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko’pincha, bu odamning bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’rquv hissi bilan bog’langan bo’ladi. Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq bilan chegaralansalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’p bo’ladi. Download 53.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling