Oila funksiyasi, turlari va oilaviy rollar. Qahharova Durdona


Download 1.96 Mb.
Sana18.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1707922
Bog'liq
Oila funksiyalari

Oila funksiyasi, turlari va oilaviy rollar.

Qahharova Durdona


Darsimiz qoidalari:
Aql mashqi:
Bu bog’cha , boshqa bog’cha.
Pochtachi ishdan bo’shasachi?
Rayon- yarim rayon.
Oila quyidagi uch jihatni o’z ichiga oladi:
  • O’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni;
  • Oilaviy mulk va anjomlar ular haqidagi g’amxo’rlikni;
  • Bolalar tarbiyasi.

Oilaning hissiy emotsional muloqot funksiyasi bu uning o‘z aʼzolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida meh r
oqibat, o‘zaro g‘ amxo‘rlik, bir birini q o‘llab quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir.
Oilaning reproduktiv funksiyasi bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat q iladi.
Oilaning tarbiyaviy funksiyasi madaniy, maʼnaviy merosni avloddan avlodga uzatish,yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini taʼminlab turishdan iborat.
Taʼlimiy funksiyasi oila yosh avlodga taʼlim beradi. Bu yerda ular gapirish, yurish, o‘qish, hisoblash va hokazolarni o‘rgatishadi.
Jismoniy quvvatni taʼminlash funksiyasi rekreativ ) o‘zaro jismoniy,moddiy, maʼnaviy va psixologik yordam ko‘rsatish,
bir birining salomatligini mustahkamlash, oila aʼzolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir
Maʼnaviy muloqotni taʼminlash (kommunikativ) funksiyasi aʼzolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha ko‘ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir.
Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi er va xotin o‘rtasidagi ikkalasigagina taalluqli bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Baxt va tinchlik xotirjamlikni barqarorlashtirish yaʼni felitsitologik funksiyasi (italyancha “felitsite” baxt) oilaning tinch va totuv bo‘lishi, bir-birlarini to‘liq tushunishi ularning
o‘zlarini baxtli his qilishlarini taʼminlaydi
Uy-xo‘jalik funksiyasi uy xo‘jaligini yuritish, oila aʼzolarining biologik, maʼnaviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish. O‘z sog‘lig‘ini saqlashga bo‘lgan ehtiyojni qondirish - maishiy usullar.
Iqtisodiy funksiyasi oila aʼzolari uy-xo‘jaligini bosh q arish. Ular o‘rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalarni shakllantirish. Oilaviy hayot meʼyorlari har bir oila aʼzosining iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda majburiy yordami va yordamini o‘z ichiga oladi.
  • Oila aʼzolari tarkibiga ko‘ra
  • Oilaning turmush stajiga ko‘ra
  • Farzandlar soniga qarab
  • Regional joylanishiga ko‘ra
  • Oilada rollar taqsimotiga ko‘ra
  • Er-xotinnig bandligiga ko‘ra
  • Er-xotinlarning ijtimoiy kelib chi q ishiga ko‘ra
  • Er-xotinning maʼlumot saviyasiga ko‘ra
  • Nikoh dan q oni qq anlik saviyasiga ko‘ra
  • Qayli q larning ota ona oilasining moddiy
  • taʼminlanganlik darajasi ji h atidan mosligiga ko‘ra
  • Er-xotinlarning millatiga ko‘ra
  • Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra
  • Tarkibiga ko‘ra – ko‘p bo‘g‘ nli va nuklear.
  • Ota-onalarning borligiga ko‘ra to‘li q va noto‘liqsiz.
  • Farzandlar soniga qarab : farzandsiz, kamfarzand, o‘rta farzandlik, serfarzand.
  • Regional joylanishiga ko‘ra ko‘ra-qishloq yoki shahar oilasi.
  • Ota-onalarning ijtimoiy ahvolga qarab dehqonlar oilasi, ishchilar oilasi,xizmatchilar oilasi va boshqalar.
  • Hayotiy sikliga ( davriga qarab – yosh oila (bir yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bo‘lgan oilalar), o‘rta, yetuk.
  • Er-xotinning maʼlumot saviyasiga ko‘ra oliy maʼlumotlar, o‘rta maxsus, o‘rta, tugatilmagan o‘rta, maxsus yordamchi maktab maʼlumotiga va turli saviyadagi maʼlumotga ega bo‘lgan q ayli q lardan tashkil topgan oila.
  • Nikoh dan qoniqqanlik saviyasiga ko‘ra ,ajralish saviyasidagi nikoh dan qoniqqanlik darajasi quyi saviyada bo‘lgan oila, o‘rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.
  • Qayliqlarning ota ona oilasi : (Ota-onasi) ning moddiy taʼminlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo‘yicha bir biriga mos va mos bo‘lmagan oilalar.
  • Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko‘ra: Er yetakchi bo‘lgan oila, xotin yetakchi bo‘lgan oila. Er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (Biarxat) oila.
  • Oilada er-xotin orasida munosabatlarga ko‘ra: avtoritar, demokratik, liberal, aralash tipdagi oilalar.
  • Er – xotinlarning millatiga ko‘ra: Bir millatli yoki baynalminal oilalar, baynalminal oilalarni o‘z navbatida ikkiga bo‘lish mumkin.
  • Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko‘ra: sinovdagi oila (birga yashashadi, ammo hali nikohni rasmiylashtirmagan, chunki bir–birlarini norasmiy nikohda sinashayapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila (birga yashashadi, oila ko‘rish maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv sabablargi ko‘ra rasmiylashtirish kechiktirilayapti), diniy nikohdagi oila, nikohdan tashqari oila. (ayrim erkak kishilarning ikkinchi, uchinchi, yuridik jihatdan norasmiy oilasi).

Oilaviy rollar tushunchasi ota-ona, er-xotin, bolalar va boshqalar sotsial rollarning konkretlashuvi bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra sotsiologik tushunchadir.Oilaviy rollar tushunchasi sotsial rollar to’g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi.
Sotsial rol shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning aniq bir hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi.
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling