Oila funksiyasi, turlari va oilaviy rollar. Qahharova Durdona
Download 1.96 Mb.
|
Oila funksiyalari
Oila funksiyasi, turlari va oilaviy rollar.Qahharova DurdonaDarsimiz qoidalari: Aql mashqi: Bu bog’cha , boshqa bog’cha. Pochtachi ishdan bo’shasachi? Rayon- yarim rayon. Oila quyidagi uch jihatni o’z ichiga oladi:
Oilaning hissiy emotsional muloqot funksiyasi bu uning o‘z aʼzolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida meh r oqibat, o‘zaro g‘ amxo‘rlik, bir birini q o‘llab quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Oilaning reproduktiv funksiyasi bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat q iladi. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi madaniy, maʼnaviy merosni avloddan avlodga uzatish,yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini taʼminlab turishdan iborat. Taʼlimiy funksiyasi oila yosh avlodga taʼlim beradi. Bu yerda ular gapirish, yurish, o‘qish, hisoblash va hokazolarni o‘rgatishadi. Jismoniy quvvatni taʼminlash funksiyasi rekreativ ) o‘zaro jismoniy,moddiy, maʼnaviy va psixologik yordam ko‘rsatish, bir birining salomatligini mustahkamlash, oila aʼzolari dam olishini tashkil etish funksiyasidir Maʼnaviy muloqotni taʼminlash (kommunikativ) funksiyasi aʼzolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shu funksiyani ado eta olmagan oilada hamisha ko‘ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir. Jinsiy-hirsiy muloqot funksiyasi er va xotin o‘rtasidagi ikkalasigagina taalluqli bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarni qondirish, shu orqali avlodlar bardavomligini taʼminlashga xizmat qiladi. Baxt va tinchlik xotirjamlikni barqarorlashtirish yaʼni felitsitologik funksiyasi (italyancha “felitsite” baxt) oilaning tinch va totuv bo‘lishi, bir-birlarini to‘liq tushunishi ularning o‘zlarini baxtli his qilishlarini taʼminlaydi Uy-xo‘jalik funksiyasi uy xo‘jaligini yuritish, oila aʼzolarining biologik, maʼnaviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish. O‘z sog‘lig‘ini saqlashga bo‘lgan ehtiyojni qondirish - maishiy usullar. Iqtisodiy funksiyasi oila aʼzolari uy-xo‘jaligini bosh q arish. Ular o‘rtasida mustahkam iqtisodiy aloqalarni shakllantirish. Oilaviy hayot meʼyorlari har bir oila aʼzosining iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda majburiy yordami va yordamini o‘z ichiga oladi.
Oilaviy rollar tushunchasi ota-ona, er-xotin, bolalar va boshqalar sotsial rollarning konkretlashuvi bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra sotsiologik tushunchadir.Oilaviy rollar tushunchasi sotsial rollar to’g‘risidagi tasavvurlarga asoslanadi. Sotsial rol shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning aniq bir hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling