Oila kodeksi: mazmun va mohiyati


Download 52.26 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi52.26 Kb.
#1332963
1   2   3   4   5
Bog'liq
oila (1)

Tadqiqotning maqsadi: Mamlakatimizda oilalarni ijtimoiy, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va farovonligini oshirishga mas’ul barcha vazirlik va idoralarning “mahallabay”, “xonadonbay” ish olib borish tizimi joriy etildi va ushbu noyob tizim amalda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni manzilli va tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi tizim joriy etish.
Tadqiqotning vazifalari:

  • oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;

  • demografik rivojlanishni rag‘batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;

  • oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;

  • oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish masalalari Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Tadqiqotning ob’ekti sifatida oila, va oila kodeksi tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti Barcha darajadagi oilalar rivojiga tegishli masala va muammolarni ilmiy usullarda, amaliy tadqiqot olib borish orqali tahliliy yondashgan holda hal etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, to‘rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib, 40 betni tashkil etadi.







1.Oila qonunchiligini tashkillashtirish, mustahkamlash oila garovi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994 yildan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qildi. 1993 yildan buyon Venada, Qohirada, Kopengagenda va Pekinda hamda qator boshqa Xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasi ataylab kiritilishida ham ma'no bor. Har yili belgilanayotgan va amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umuminsoniy vazifa ekanligi e'tirof etilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi"ning 16-moddasida shunday deyiladi:
"1.Balog‘atga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniga qarab biror bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan o‘tayotganda ham, nikohda bo‘lgan vaqtda ham va nikoh bekor qilinayotganida ham bir xil huquqlardan foydalanadilar.
2.Nikoh, nikohdan o‘tayotgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi bilangina tuzilishi mumkin.
3.Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir va u jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilish huquqiga egadir"1
Olia jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy muassasasidir.Oilaning bu hususiyati birinchi galda uning jamiyat manfatlari bilan bog’liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalanadi.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir. U qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam va tez rivojlanadi. Jamiyatimiz asosi-oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanmoqda.
Oila a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar ahloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi.
Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo‘lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Oila huquqini predmeti bo‘lib, oila a'zolari o‘rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi.
Shaxsiy munosabatlarga, er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilishi, mashg‘ulot turi, kasb va turar-joy tanlash huquqlari kiradi.
Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari kiradi.
Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida mulkiy bo‘lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo‘ysunuvchi hosila xarakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig‘indisida mulkiy bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bo‘lishligining sababi, avvalo naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o‘rtasida, ota-ona bilan bolalar o‘rtasida, oilaning boshqa a'zolari o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
Ijtimoiy ma’noda oila kishilarning nikohga,qarindoshlikga,bolalarni tarbiyalash uchun qa’bul qilishga,umumiy hayot maqsad,o’zaro g’amxo’rlikga asoslangan ittifoqdan iboratdir oilaviy ittifoqda kishilar o’rtasida axloqiy,pisixalogik,jismoniy va maishiy xo’jolik aloqalari yuz berib ular hayotda va oila maqsadlarda umumiylikni vujudga keltiradi.Oilaviy ittifoq mahsus va shu bilan birga murakkab ijtimoiy munosabatlardan tashkil topadi. Odatda, oilaning vujudga kelishi nikoh asasida bo’ladi, shu bois oilada bola tug’ilmagan bo’lsa ham nikoh munosabating o’zi yoq oilani tashkil etadi. Oilada er-hotin bilan bir qatorda bolalarning ham bo’lishi tipik oilani vujudga keltiradi. Ota-onani va bolalar har taraflama jipislashgan oila birligini hosil qiladi. Ular o’rtasida juda yaqin oilaviy munosabatlar bo’ladi. Bu shaxslar oilaning yadrosini tashkil etadi. O’zining ijtimoyi mazmuniga qarab oila, odatda, uch o’zaro aloqadagi ijtimoyi guruh, uning asasi sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida farzandlardan tashkil topadi. Tipik oilaviy munosabatlardan tashkari bolali yolg’iz ona va uning farzandi boshqa qarindoshlar o’rtasidagi munosabatlar, ayrim holarda esa tug’ishmaganlar o’rtasidagi (farzandlikka olganlar) munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi.
Huquqiy ma’noda oila-yuridik alaqadir. Oilaviy munosabatlardagi yuridik harakter huquqiy no’rmalar bilan oila a’zolarining hulqiga ta’sir etadi, oilani jamiyat hohlagan asasida rivojlantirishga yordam beradi. Yuridik faqat sifatida qilgan nikoh va yaqin qarindoshlik oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishida muhim huquqiy asas bo’ladi. Maxsus huquqiy adabiyotda huquqshunos olimlar tamonidan oilaga tariff berilgan. Inson parvar huquqiy davlatdagi oilaga quydagicha tariff berish mumkin: Oila jamiyatning tabiiy va asasiy bo’g’ini bo’lib yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlika olish yoki boshqa shakillarda bolalarda doimiy tarbiyaga oilishga kelib chiqqan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog’langan shaxslar doirasidan iborat. Milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadiriyatlar va sharqona an’analariga asaslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib uni mustahkamlashga qaratilgan fuqorolar ittifoqida iborat.
Oilaviy munosabatlar aksariyat hollarda axloqiy no’rmalar bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagina aniq ijtimoyi munosabatlarni nikoh va oila qonunchilik nuqtayiy nazardan tadbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu hususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad oila qurish bo’lib, u er-hotinning butun umri davomida birga yashashga mo’ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va taminotiga qaratilad. Oilaviy huquqiy munosabatlar ko’pincha muddatsiz bo’ladi. Er-hotinning huquq va majburiyatlari nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda butun umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudkiy, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davirgacha albbatda davom etadi. Masalan, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to’lgunga qadar davom etadi. Qonunchilik, oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning mahsus turi deb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadigan munosabatlar ikki turga bo’linadi:shaxsiy va mulkiy munosabatlar. Shaxsiy munosabatlar- qiz bilan nikohga kirayatgan familiya tanlash, turmush davrida esa kasb, mashg’ulot va turar-joy tanlash huquqlari, shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasida kelib chiqadigan munosabatlardan iborat. Bu sohada qonunlar oilaviy munosabatlarda er-hotinning huquqiy tengligi, bolalarni to’g’ri tarbiyalash, oilada to’g’ri sharoit yaratish kabilardan iborat. Mulkiy munosabatlar- er-hotinning shaxsiy va umumiy mulk huquqidan, aliment majburiyatlardan kelib chiqadigan, ota-onalari bilan bolalari shuningdek, boshqa qarindosh-urug’larning bir-biriga moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalaridan kelib chiqadigan mulkiy harakterga ega bo’lgan munosabatlardan iborat.
Oila huquqining vazifalari Oila kodeksining 1-moddasida belgilangan bo’lib bular quydagilardan iborat:
Oilani yanada mustahkamlash:
Ayol bilan erkakning ixtiyoriy nikohlanib tuzgan ittifoqiga moddiy manfaatlarni ko’zlashda holi bo’lgan, oila a’zolarining hammasi bir-biri bilan do’st, inoq bo’lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar kirish:
Oilada bolalar tarbiyasini ijtimoyi tarbiya bilan uzviy ravishda qo’shib olib brogan holda ularni Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash:
Ona-bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir bolaning baxtiyor yoshligini ta’minlash;
Oilaviy munosabatlarda o’tmishning zararli sartiklarini va urf -odatlarini tamomila yo’qotish;
Oila oldida masuliyat hissini tarbiyalash;
Biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslik;
Oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash.
Demak, Oila kodeksi vazifalarining har biri oilaviy munosabatlarning qonun bilan tartibga solish zarur ekanligini ifodalash bilan birga oilaviy munosabatda qatnashuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda ham ahamiyatga egadir. Oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquq normalari bilan chambarchas bog’liqdir. Oila kodeksining asosiy vazifalaridan yana biri fuqorolarning oila oldidagi burchalarini his qilish ruxida tarbiyalash. Bunday vazifaning bajarlishi er-hotin, ota-onalar bilan bolalar, shuningdek, qarindosh-urug’lar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi va to’g’ri amalga oshirilshda katta ro’l o’ynaydi.
Oila huquqining asosiy prinsplari quydagilardan iborat:
- ixtiyorlik va tenglik;
- yakka nikohlik;
- fuqaroviy oila;
- nikohdan ixtiyoriy ajralish;
- ayol bilan erkakning teng huquqligi.
Oila huquqi fani quydagi tizimdan iborat:
- oilaviy huquq. Uning pridmeti, prinsplari va tartibi;
- “nikoh va oila” tushunchasi;
- nikohdan o’tish va ajralish shartlari;
- amaldagi haqiqiy er-hotinlik munosabatlari;
- ota-onalar ham boshqa shaxslarning aliment huquqi va majburiyatlari;
- farzandlikka olish, vasiylik va xomiylik.
Oilada bolalar tarbiyasi borasida otan-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan, ming yillik xayot sinovlaridan o’tgan yaxshi udum va odatlar mavjud. Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida kishilarni oilaviy hayotga, nikohdan o’tish tayyorlash borasida tegilshli tibbiy-tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hayotni nikoh va oilasiz tasavvur qilish mushkul. shu bois jamiyatda oila obrosini, uning nufuzini mustahkamlash lozim. Oilaning iktisodiy, ijtimoiy, demografik, psixologik va boshqa muommolarni ko’rib chiqish davr talabidir.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1-bolimida mujasam topgan umumiy qoidalar OK ning boshqa bo’limlarida moddalarning mohiyatini va mazmunini belgilash, ularni talqin qilish va amaliyotda qo’llash, shuningdek, kelajakda oila qonuni hujjatlarini takomillashtirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qoidalar avvalgi Nikoh va oila kodeksidan ma’lum darajada farq qiladi. Ular tegishli tizimga solinib, ikkita: ‘’Asosiy qoidalar” va “Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish” kabi boblarga bo’linadi. Ushbu boblarda oilaviy munosabatlarga nisbatdan fuqorolik qonun hujatlarning qo’shimcha ravishda qo’llanishi, oila to’g’irisidagi va fuqorolik qonun hujatlarining o’xshashlik bo’yicha qo’llanishi, oilaviy munosabatlarda mahaliy urf-odat va an’analarning, halqaro shartnomalarning qo’llanishi, oilaviy huquqlarni amamlga oshirish va himoya qilish haqidagi qoidalar birinchi marta nazarda tutiladi. Avvalgi Nikoh va oila kodeksidagi satsiyalistik jamiyatda oilaning ahamiyatiga bsg’ishlangan kirish qismiga o’rniga hozirgi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy maqsadi va tamoillari OKning 1-moddasida atroflicha ifodalaniladi. Shu birga oila qonun hujatlari vositasida tartibga solinadigan munosabatlarning doirasi qator aniqliklar kiritish yo’ili bilan diyarli saqlab qolinadi.
1-modda. Oila to’g’risidagi qonun hujatlari hamda ularning vazifalari.
Oila to’g’risidagi qonun hujatlari Ushbu kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlardan iborat.
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilanini mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat hamjihatlik, bir-birga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolaring mas’uligi hissi asosida qurishdan biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslikdan, oila a’zolari o’zi huquqlarini to’sqinsizlik amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilishni taminlashdan iboratdir.
1. Sharxlanayotgan 1-moddadan uning nomidan ayon bo’lishicha, ikkita masala, yani oila to’g’risidagi qonun hujjatlariga va unlearning vazifalariga bag’ishlangan qoidalar nazarda tutilgan. Oila haqidagi qonun hujjatlari mazkur Kodeksning 5-moddasi (ushbu modda shrxlkariga qaralsin) doirasida belgilangan munosabatlarni tartibga solishga bag'ishlangan qonun hujjatlaring tizimidan iborat. Oilaviy munosabatlar ushbu tizimga kirmagan qon hujjatlari bilan ham tartibga solinishi mumkin (OK 6-9-moddalari sharxlariga qaralsin). Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, o’z navbatida O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi qoidalariga zid kelmasligi shart. Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq (birorta qonun yoki boshqa narmativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas).
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari bn tartibga solinadigan, doirasi belgilangan munosabatlar (OK 5-moddasi ) O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumati tamonidan qobul qilingan qarorlar bilan ham hal qilinishi mumkin. O’zbekiston Pespublikasi Konsitutisuyasining 94-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Konsitutsiyaga va qonunlarga, yani Oila kodeksiga asoslanib majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlariga, yani Oila kodeksiga ham muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha tashkilotlar,mansabdor shaxslar va fuqorolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
2.Sharxlanayotgan mazkur moddaning ikkinchi qismida Nikoh va oila kodeksidan farqli o’laroq O’zbekistonda oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishning vazifalarini va mohiyatini,ma’nosini,shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining ikkinchi bo’limida inson va fuqorolarning asosiy huquqlarini,erkinliklari va burchlari to’g’risida qoidalar bilan bevosita yoki bilvosita uzviy bog’langan.Ushbu vazifalar va tamoillarning har biri oilaviy munosabatlarning ma’lum sohasiga ta’luqli bo’lib,ommaviy munosabatlarni qunun yordamida tartibga solishning,axloq nazaridan qanchalik zarur ekanligini ko’rsatish bilan birga munosabat ishtirokchilarning muayyan huquq va majburiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.Huquqiy davlatda oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquqiy normalar bilan bog’liqdir. Huquqiy normalarni muyyan munosabatlarga tadbiq qilishi,umumiy insoniy talablarini amalga oshirishni taminlasa,axloqiy normalar esa,o’z navbatida,qonunlarni buzmasdan to’g’ri amalga oshirish qonun talablariga og’ishmay roiya qilish uchun zarur hissiyotlarni tug’diradi.
Adolat va tenglik qaror topgan demokratik jamiyatni oilaviy munosabat yuksak ideallar-muhabbat,do’stlik,biridarlik,o’zaro hurmat-izzat tamoillari asosida tuzilishi muqarrar.Nikohning ozod bo’lishi,er va hotinning nikohga o’tishning erkin bo’lishi oila munosabatlarining mustahkam va abadiy bo’lishi uchun kerakdir.
Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishida munosabatlarni o’zaro mahabbat, ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida qurishdan iborat.Ushbu maqsad oila kodeksining va boshqa qonun hujjatlarning asosiy g’oyasi bo’lib hisoblanadi.Ushbu g’oya Oila Kodeksining barcha istitutlari;nikoh tuzish va uni bekor qilish;er-hotinning,ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlariga bag’ishlangan qoidalarining hususiyatini belgilovchi mezon hisoblanadi.
3.Oila qonunlarinig muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri-Fuqorolarning oila oldidagi mas’ulyatlarini his qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.Bu vazifa va maqsadini amalga oshirishda boshqa faktlar bilan birga er va hotin, ota-onalar bilan bolalar hamda boshqa qarindosh-urug’lar o’rtasidagi qonunlar bilan belgilangan majburiyatlar va ularni bekam-ko’st bajarish muhim o’rin egallaydi.

Download 52.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling