Oila, mahalla, maktab hamkorligi


Download 68.15 Kb.
bet2/12
Sana18.10.2023
Hajmi68.15 Kb.
#1707684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Oila, mahalla, maktab hamkorligi

ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod,
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan,
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga
qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik,
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini
ta’minlaydi.
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil
"Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd
etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo
miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta
ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori misol bo’la oladi.

Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi.


Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, arixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish;
mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini
takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining
asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo
qiladi.

Download 68.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling