Oila pedagogikasi
Maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
Maktabga tayyorgarlikka ta’sir etuvchi
asosiy omiUar Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik qilishga jiddiy talablar qo‘yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o‘z-o‘zidan, paydo bo'ladi. Faqat maqsadga yo‘naltirilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga optimal tayyorligiga olib keladi. Bolani qachon va qancha tayyorlash kerak? deganda kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolganda tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblanadi. Ammo boshqalar bolani faqat maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba’zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o‘ylashadi. Maktab hayotiga binoan kim tayyorlashi kerak? Bog‘cha tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog‘cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan shuni amalga oshirishadi (bajarishadi). Lekin aynan maktabga borishdan awal ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e’tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchilik- lami bartaraf etishadi, bilimlarni bir yo‘nalishga solishadi, to‘g‘ri gavdani tutish (osanka)ni mustahkamlashadi, mayda motorikasini rivojlantiradi va hokazo. 300 Lekin oila - bu bola tug‘ilishidan keyin yashaydigan bi- rinchi ijtimoiy muhit. Oila bola o‘zini birinchi ijtimoiy taj- riba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalami tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun maktabga tayyorlashda oila - hal qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalaming ko‘pchiligi bolani maktabga tayyorlashda bog‘cha bilan oilaning ham- korligi orqali amalga oshirish kerak deb hisoblashadi. Bunday ota-onalar bog‘cha va oila alohida bo‘lganda yaxshi natijaga erishilmaydi, ya’ni bolani maktabga yaxshi tayyorlay olmaydi deb hisoblashadi. Ba’zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javob- garligini bog‘chaga yuklashadi, ba’zilari esa butun javobgar- likni o‘z bo‘yniga olishadi. Ya.A.Komenskiy o‘zining «Onalar maktabi» kitobini maktabga tayyorlash bobida shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigna ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab, o‘z bolalarini maktabga tayyorla- shadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikning mazmuni- dan tashqari, Komenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifa- lami ko‘rsatadi: 1. Bolalarda maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o'qigan va o‘ynagan xursandchilik hissini tug‘dirish. 2. Bolalami maktabdagi ta’limning mohiyatini tushun- tirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish. 3. Bolalar bo‘lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish. Hozirgi zamon ota-onalar bolalami maktabga qanday tayyorlashmoqda. Biz shuni ko‘rsatib o‘tgan edikki, ota-ona laming ko‘pchiligi maktabda yaxshi o‘qishning shartlaridan 301 biri-shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblanadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishini eng asosiy deb bilishadi, shuning uchun mashg‘ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirasini rivojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o‘ringa bolani o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo‘yishadi, yod- latishadi, suhbatlashadi, birgalikda mantiqiy o‘yinlar o‘yna- shadi. Gohida — mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shu- g‘ullantirishadi. Bu yetarli emas albatta. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling