Oila pedagogikasi
|
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilada ota-onalaming savodxonlik darajasi, uning oilani mustahkamlashdagi roli
1978-yil
10-dekabr. «Oila pedagogikasi» fanining vazifalari qaysi bandda to‘g‘ri ko‘reatilgan? a) yoshlami oilaviy hayotga tayyorlash; b) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlami yoshlarga yetkazish; d) oilaviy an’analarga binoan bolalaming tug‘ilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar va urf-odatlami yoshlarga yetkazish; e) hamma javoblar to‘g‘ri. «Eng birinchi galda nasl-nasabni toza saqlamoq, qadr- qimmatni bilmoq inson tarbiyasining gultojidir» — ushbu jumlalar qaysi muallifning qanday asarida keltirilgan? a) A.Navoiyning «Hamsa»sida; b) Kaykovusning «Qubbusnoma»sida; d) A.Fitratning «Oila»sida; e) A.Qodiriyning « 0 ‘tgan kunlar»ida. 314 v «Bolali oilalami ijtimoiy qo‘llab-quwatlash to ‘g‘risi»dagi qaror qachon qabul qilingan? a) 1996-yil 1-yanvar; b) 1997-yil 1-yanvar; d) 1997-yil 31-dekabr; e) 1996-yil 31-dekabr. «Oila pedagogikasi» asarining muallifi kim? a) Oysha Xasanboyeva; b) M.Inomova; d) O.Musurmonova; e) A.K.Munawarov. BMT tomonidan qabul qilingan «Inson huquqlari umum- jahon dekloratsiyasi»ning qabul qilingan vaqti qaysi bandda to‘g‘ri ko'rsatilgan? a) 1948-yil 10-dekabr; b) 1958-yil 12-dekabr; d) 1955-yil 12-dekabr; e) 1978-yil 10-dekabr. Oilada ota-onalaming savodxonlik darajasi, uning oilani mustahkamlashdagi roli Oila va nikohning paydo bo‘lishiga sababclii omillardan biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug‘ilishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabat- larini tasawur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o‘ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirgan- ligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat bera- diki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy 315 mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgacha bo‘l- gan munosabatlarga aylangan. Ota-ona — bola munosabat- larini agar tarixiy davrlarga bo'ladigan bo‘lsak, ota-onaning bolaga yondoshuv usullari bo‘yicha qator bosqichlami boshdan kechiiganligini ko‘rish mumkin. Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida farzand tug'ilsa, unga deyarU befarq qarash, ya’ni, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday mu- nosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo‘lib, bolani dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri un- chalik ahamiyatli bo‘lmagan. Yangi asrga kelib, bu muno sabatlar tubdan o‘zgargan, odam zotida egoizm, o ‘ziga tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi o‘zidan bo‘lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o‘z aksini topgan. Mulkchilik shakllarining o'zgarishi, turmush tarzi qad- riyatlariga monand kattalaming bolaga nisbatan his-kechin- malari ham o‘zgarib borgan. Masalan, XIX asming boshlari XX asrlaming o‘rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining jamiyatda tutajak o‘rinlari, ulaming ijtimoiylashuviga alohida e’tibor bera boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalaming kichiklar taqdiriga befarq emasligi, ulami qo‘llab-quwatlash, rivojlanishiga ko‘maklashishning ahamiyatini anglash davri bo‘lgan. Bu an’ana deyarli bizning davrimizda ham davom etib kelmoqdaki, endilikda tug‘ilgan bolaga e’tibor oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham keladi. Lekin bunday g‘amxo‘rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropa xalqlari) 316 bolaga u kichikligida juda katta mehr va g‘amxo‘rlik ko‘r- satadi, taxminan o‘smirlik davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uslub- lari o‘zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorla- shadi. Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, far zand balog‘atga yetgani sari ota-onaning unga e’tibori kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklarda ham oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalaming kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta qayg‘urish bilan uning ma’naviy, ruhiy rivoj- lanishiga e’tibor qaratilmaydi. Lekin qiz bola balog‘atga yetib, ko‘rkamlashib borgani sari, o‘g‘il bolaning qo‘lidan ish kelib, qatorga qo‘shilgani sari, ota-onada ulardan g‘urur- lanish, taqdiriga kuyunish, g‘amxo‘rlik ko'rsatish ham ortib boradi. Bunday g‘amxo‘rlik shu qadarki, uylangan o‘g‘ilning qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilaveradi, bu ba’zan, qaynona-kelin munosa-batlarida, yoki ota-o‘g‘il munosabatlarida tarangliklami, nizolami keltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzand- larini tug‘ish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o‘ziga xos metodlami qo‘Hagan. Boshida o‘zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jami- yatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga yordam beradigan bo‘lib borgan, ota-onadagi egoizm bola- lardagiga aylanib borganki, hozirgi davrda ko‘pgina ota- onalar farzandlarining faqat o‘zini o‘ylashi, ota-onani tushunmasligidan noliydigan ham bo‘lib qolgan. Lekin aslida tarixiy rivojlanish tendensiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat ota-onalaming o‘zlari aybdordirlar. 317 Oilada farzand tug‘ilishi, uning soni va tarbiya berish imkoniyatlari masalasi har doim ham dolzarb bo‘lgan. Lekin ayrim G ‘arb davlatlarida, jumladan, Rossiyada oilada bola sonining keskin kamayib ketishi munosabati bilan er- xotinning reproduktiv huquqi, madaniyati va xulqi masalasi ayni davrda o‘ta dolzarb masaladir. Rus olimi S.P. Ka- pisaning (1999) pessimistik bashoratiga ko‘ra, Rossiyada 1995-2025-yillar oralig‘ida tug‘ilishning kamayishi 2 mln.dan (optmaslik bashorat) 32 mln.gacha tushib (pessimistik basho- rat) ketadi, bu raqamga 1995-yilgi 147,9 mln. aholi soni asos qilib olingan. Shuning uchun jahon olimlari, Xalqaro aholi- shunoslik jamg‘armalari (jumladan, YUNFPA, YUNISEF) oilada sog‘lom bola tug'ilishi siyosati orqali yer yuzining turli mintaqalarida reproduktiv xulqni muvofiqlashtirish masala- siga alohida e’tibor berib, aniq tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Bundagi asosiy muammo — onaning reproduktiv xulqini boshqarish va muvofiqlashtirish, uning salomatligini muho- faza qilish, sog‘lom zurriyod tug'ilishini kafolatlashdir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling