Oila psixologiyasi. Reja
Nikohga kirish arafasida bo`lgan talabalarda kuzatiladigan kamchiliklar
Download 258.58 Kb.
|
11-Ma\'ruza
Nikohga kirish arafasida bo`lgan talabalarda kuzatiladigan kamchiliklar.
- Nikohga kirish arafasida bo`lgan talabalarda psixologik to`siqlar, - nikoh-oila ustanovkalarining adekvat emasligi, - oilaviy qadriyatlari tizimning to`liq shakllanmaganligi - umr yo`ldosh tanlashda ko`proq ramantik tuyg`ularga berilish, - sherigining tashqi ko`rinishiga ko`proq e`tibor berish, - ota-onalariga iqtisodiy bog`liqlik kabi bir qator omillar ko`rinadiki, bu omillarni maxsus o`rganish lozim ekanligi yanada oydinlashadi. Bu esa o`ta dolzarb muammo ekanligini belgilab beradi. Talaba-yoshlarning oilaga oid tasavvurini o`rganish sohasida to`plangan tajribalar tahlilidan maskur muammo yoshga doir xususiyatlar bilan bog`liq ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun yoshlarning yosh davrlari chegaralari hozircha fanning munozarali predmeti bo`lib qolmoqda. Yoshlarning yosh davrlari chegaralari 16 yoshdan 23 yoshgacha deb ajratiladi. Oilaviy tasavvurlarni shakllanishida o`spirinlik davri eng maqbul bo`lib, aksariyat shu davrdagi shaxsning rivojlanishida jinsiy komponentning ustunligi uning oila qurish xohishi bilan uyg`unlashadi. Shuning uchun -15-16 yoshdan to 21-25 yoshgacha bo`lgan davr oralig`i o`spirin yoshi deb belgilangan bo`lsa, -20-23 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan davr yoshlik, -17 yoshdan to 20-23 yoshgacha bo`lgan davrni oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish bilan bog`liq ravishda o`spirinlikning o`tish davri deb belgilanadi. Talabalik davri - odatda 17 yoshdan 23 yoshgacha bo`lgan davrni o`z ichiga qamrab oladi. Aynan shu davrda yigit va qizlarda hayot va uning qadriyatlari to`g`risida muayyan tasavvurlar majmui shakllanib bo`lgan, aniq fuqarolik pozitsiyasi paydo bo`lgan bo`ladi. Bu davrning yana bir ahamiyati shundaki unda yoshlar ongida oila va uning qadryatlari to`g`risidagi tasavvurlar doirasida oila nikoh ustanovkalari ham shakllanadi. Ta`kidlash joizki, bu davrning boshi – 17 yoshda oilaviy hayotga tayyor bo`lish davri endi boshlanayotdan, ushbu hodisa ta`sirida oila va nikohga nisbatan ijtimoiy ustanovka ham ma`lum ma`noda shakllana boshlagan bo`ladi. Shuning uchun 17- yoshdan 23 yoshgacha bo`lgan davr oralig`I yigit va qizlarning bir-biriga ko`nil qo`yishlari jinsiga bog`liq ravishda namoyon bo`ladigan munosabatlar va oilaviy turmush tarzi haqida tasavvurlar shakllanishi uchun maqbul davrdir. Yoshlik bu ko`pchilik uchun talabalik yillaridir, qaysi-ki, bu davrda ular juda ko`p jismoniy, aqliy, axloqiy, iroqaviy vazifalarni bajarishlari lozimdir. Yoshlar o`zining kelajagi haqida o`ylashadi, o`zlarining hayot rejalarini tuzishadi, o`z yo`llarini tanlashadi. Yoshlikning o`tish davri (18-25-30)yosh xususan, shaxsning jamiyatda, ishlab chiqarihda va shaxsiy hayot doirasida sezilarli darajadagi o`zgarishlarida ko`zga tashlanadi. Nikohlarning ko`p qismi xuddi shu davrda amalga oshriladi. Ma`lumotlarga qaraganda, er-xotinlarning 60 foizi ishda yoki tatalabalik davrida tanishar ekan. Yoshlikni to`liq holda oila tuzish uchun aynan kerakli davr deb hisoblashimiz kerak. Bugungi kun yoshlari, nikoh qurish uchun 22-25 yoshdan keyingi davrni ma`qul deb hisoblashmoqda. Lekin emperik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, nikohga kech kirish nikohning “tavakkalchilik” omillariga mansubdur. 30- yoshdan keyingi birinchi nikoh kam hollarda uchraydi. Ijtimoiy tadqiqotlar shunu ko`rsatadiki, 28-30 yoshgacha bo`lgan davr oralig`ida oila qurmaganlar kasb sohasida yutuqlarga ega bo`lishni, ijtimoiy mavqelarini ko`tarishni o`zlari uchun niyat qiladilar Demak aksariyat yoshlarning oila qurishlari talabalik davriga to`g`ri kelsada, lekin ma`lum bir kasb- korga ega bo`lgachgina haqiqiy oilaga o`zlarini tayyor deb hisoblaydilar. Oila qurish shaxs rivojlanishi uchun muhim jarayon hisoblanadi. Insonning oylaviy hayotini qay tarzda kechishi, aksariyat hollarda, shaxsni umumiy rivojlanishi-uning ma`naviy o`sishi, qobiiyatlari rivojlanishi va hokazolar bilan bog`liq bo`ladi. Oilaning reproduktiv funksiyasini bajarilishi yoshlarda ota-onalik rollarini yangicha anglashga, oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Chunki, yosh oila asosan oilaviy qadriyatlar tizimini ustuvor etib emotsional munosabatlarda bo`lsa, yosh otalik va onalik ularning haqiyqiy xulq-atvor va tasavvurlari tizimiga ta`sir qiladi. Chunki ular endi oddiy erkak va ayoldan ota-va onaga aylanishadi. Ta`kidlash joizki yoshlar oliy o`quv yurtlarida o`qishni boshlash bilan bir qatorda kelajakdagi shaxsiy oilaviy hayotlarini qanday tuzishlari haqidagi tasavvurlari shakllanadi. Tahlillarga asoslanib 17yoshdan boshlab yoshlar kelajak hayotini tasavvur qilishsada, 20 yoshda ular hissiyotlariga to`lig`icha bo`yso`nib, hech bir ikkilanishlarsiz boshqa kishini sevib qolishi mumkin. Talaba yoshlarda oilaga oid tasavvurlar o`smirlik davridan boshlab shakllangan bo`ladi. Bu davrda ularning tasavvuridagi oila butunlay boshqa qonunlarga, hissiy munosabatlar esa aynan shu yoshga bog`liq deb talqin qilinadi. Shuning uchun 13-15 yoshda sevgi va nikoh alohida va qarama-qarshi tushunchalar sifatida shakllanadi. Ma`lumotlar tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, katta shaharlarda 20-24 yoshdagi kelinlarning 40% homilador holatlarda nikohdan o`tmoqdalar. Bunday nikoh oldi harakatlari natijasida yuzaga kelgan nikohlar, ko`pchilik holatlarda uzoqqa bormaydi. Nikohdan oldin qisqa vaqt (yarim yil) mobaynidagi tanishuvlar ham ko`pchilik hollarda nikohning barbod bo`lishiga olib kelmoqda. Yoshlarning oila qurish oila to`g`risidagi tasavvurlarini o`rganish sohasida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlardan ko`rinadiki, nikohga kirish motivlari orasida sevgi-muhabbat yetakchi o`rinni egallaydi. E`tiborli tomoni shundaki, yigitlar uchun “onasi tanlagan obyekt bilan oila qurish” va “o`zi sevgan obyekt bilan oila qurish” muhim ekanliga, qizlar uchun “otasi tanlagan obyekt bilan oila qurish” va “uni sevgan kishi bilan oila qurish” motivlari ustivor ekanligi aniqlangan. Darhaqiqat, hayotiy qadiriyatlar tizimida sevgi asosiy o`rinni egallaydi. Nikoh motivatsiyasi o`zida 5ta motivni mujassamlashtiradi: sevgi, ma`naviy yaqinlik, moddiy hisob-kitob, psixologik yaqinlik va axloqiy tasavvurdan iborat bo`ladi. Bazi bir odamlar shu narsani unitib qo`yishadi, yani faqatgina shirin hislar bilan emas, balki ularni asosi va predmeti bo`lgan- ajoyib psixik olamga, o`z ‘Men’iga , shaxsiga xos temperament, xarakter va hislatlarga ega, konkret shaxs bilan yashashi kerak, lekin hamisha ham ikkita “Men” bitta “Biz”ni vujudga kelishiga sabab bo`la olmaydi. Bugungi kunda sevgi va ma`naviy yaqinlik asosiga qurilgan oilalar muvofaqqiyatga erishmoqda. Nikohidan norozi bo`lganlarning aksariyati o`z hissiyotlarini er-xotinlikning umumiy ma`naviyatidan ustun qo`yadiganlardir. Yoshlarni nikoh-oila tasavvurining ahamiyatli ahamiyati jihatlaridan yana biri bu ularning tasavvurlari haqiqiy hayotdan uzoq ekanligini namoyon bo`lishidir. Demak, ijtimoiy ustanovkalarda muayyan o`zgarishlar namoyon bo`layotganligi hayotiy fakt bo`lib, uni keltirib chiqaruvchi barcha omillarni ilmiy asosda o`rganish davr taqazosi sanaladi. Ana shunday ijtimoiy omillar qatorida yoshlarning ma`lumotliligi darajasi ko`pchiligning diqqatini o`ziga tortgan. Aslida yigitlar yashirin ichki tuyg`ularida o`z turmush o`rtog`ini, o`zi bilgan eng yaxshi qizlar kabi, shuningdek, ulardan ham aqlliroq , haqiqatgo`y, quvnoq va mehnatsevar ayol sifatida gavdalantiradi. Zamonaviy yoshlarning ahvoli bugungi kunda bir xillikni kasb etmaydi. Agarda avvallari o`quv , kasbiy va oilaviy faoliyat bir – biriga xalaqit bergan bo`lsa, ya`ni yosh yigit bir vaqtni o`zida ham o`qib , ham ishlab va oilani qurishga imkoniyati bo`lgan bo`lsada, hozirgi kunda , bu imkoniyat cheklanganligini kuzatamiz. Bu bir qancha yoshlarning moliya institularida, sanoat tizimida, siyosatchilar qatorida, yuqori hokimiyat organlarida omadli menejer rolidagi ko`rinishlarida o`z isbotini topmoqda. Bozor iqtisodiyoti qadriyatlari va ishbilarmon kishilar qadryatlari yoshlarni o`ziga tortuvchi kuch bo`lib qolmoqda. Lekin boshqa tomondan, bu ijtimoiy yetuklikning yorqin namoyon bo`lishi ular uchun muhim hisoblangan oila qurish ehtiyojioni ham keltirib chiqaradi. O`zini mustaqil oilasini qurish uchun inson ota-onasidan psixologik jihatdan ajralishi kerak, malum bir aniq darajadagi psixologik yetuklikka erishshi lozim. Shunday qilib, oxirgi o`n yillikda yoshlarda nikohga munosabati juda ham o`zgarib ketdi, yani yoshlar birlashgan oilaviy juftlikni tuzish o`rniga mustaqil va alohida bo`lishga intilmoqdalar. Bugungi kunda O`zbekistonda o`smirlik va o`spirinlik yoshdagi yigit va qizlarning oilaviy hayot va qadriyatlar to`g`risidagi ijtimoiy tasavvurlarini kompleks tarzda o`rganish natijasida bizning yoshlarda oila to`g`risidagi tasavvurlar, asosan, ananaviylik doirasida shakllanganligini, faqat bir guruh talaba qizlarda yangicha o`zaro munosabatlardan tasirlanishi holati namoyon bo`ladi. Demak, xulosa o`rnida talaba- yoshlarning ijtimoiy tasavvurlar tizimida oila to`g`risidagi tasavvurlari o`ziga xos, bunda, qarama qarshi jinsga nisbatan qo`yilgan talablar darajasi yuqori bo`lib , ular orasida yetakchi o`rinda sevgi-muhabbat motivlari turadi. Oilaviy qadryatlar ijtimoiy tasavvurlar tizimida alohida o`rin egallaydi va ular talaba yigit-qizlarning oilaviy qadriyatlar to`g`risidagi bilimlari, ularning shaxsiy tajribalari bilan bevosita bog`liqdir. Talabalarning oila-nikoh ustanovkalarida jinsiy tafovud ko`rinadi. Yani talaba yigitlar ustanovkasi an`anaviylikdan ko`ra ijtimoiy yo`nalganlik xususiyatiga ega ekanligi, talaba-qizlar ustanovkasi esa egosentrik xarakterga ega ekanligi aniqlandi. Download 258.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling