Oila psixologiyasining ijtimoiy mohiyati


Download 37.5 Kb.
Sana27.12.2022
Hajmi37.5 Kb.
#1068873

OILA PSIXOLOGIYASINING IJTIMOIY MOHIYATI
Annotatsiya. Maqolada oila psixologiyasi va uning ijtimoiy mohiyatini ochib berishga doir fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: oila, jamiyat, psixologik iqlim, hikmatlar, oilaviy muloqot, oilaviy muhit.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi. 1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi, Respublikada oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi, uning mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» deb e’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalarning tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiq etish maqsadida O‘zbekiston tarixida birinchi bor oila psixologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradigan ilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi, ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liq ifodalashga harakat qilindi.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiy tafakkurini o‘stiruvchi turli hikmatlardan, xajviy aforizmlardankeng foydalanildi. Chunki hikmat – hayotiy saboq bo‘lsa, hajv – hayot to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir. Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib brogan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi [1. 106-b.]. Oila psixologiyasi orqali yoshlarni oilaviy hayotda bo‘ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvurlar bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonga tayyorlash va oilaning shaxsning shakllanishidagi roli haqida ularga tasavvur berish; oilaviy hayotda bo‘ladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo‘nalishdagilardan saqlanishga o‘rgatish; yoshlarda oilaning mustahkamligini ta’minlovchi bilim va malakalarni shakllantirish hamda muammoli vaziyatlarda psixologik jihatdan oqilona chiqib ketish malakalarini o‘rgatish; yoshlarning o‘zlariga turmush o‘rtog‘ini to‘g‘ri tanlash masalalari; yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash kabi ko‘plab masalalarga javob topish mumkin.
Оила ва оилавий муносабатлар масаласи ўтган асрларда ҳам даврнинг муҳим муаммоси бўлиб келган. Зотан ҳар бир инсон умрининг кўп вақти оилада ўтади. Шунинг учун оиладаги нозик руҳий, ҳиссий – психологик ҳолатлар болалар ички ҳиссиётлари ва руҳиятига катта таъсир ўтказади. Шуни алоҳида таъкидлаб ўтиш керакки, бола тарбиясига энг аввало ота – онанинг шахси, ҳаёт фаолиятлари, турмуш тарзи билан биргаликда оиладаги психологик муҳитнинг таъсири катта бўлади. Оилада муҳит ва ўзаро мулоқот қандай бўлса, бола худди шу муҳит таъсирида улғаяди. Умуман, ҳар қандай оиланинг тарбиявий таъсирчанлиги ва самарадорлиги кўп жиҳатдан оилада қарор топган ота-она ўртасидаги ўзаро ва болаларига, ахлоқий-руҳий ҳолатига боғлиқ.
Ҳар бир оилада болалар учун ғамхўрлик қилиниши табиий ҳолдир. Болалар катталарнинг ғамхўрлигига муҳтож бўладилар, катталар болаларга ғамхўрлик қилар экан, бола ўзини бахтиёр ҳис қилади.
Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir [2. 10-b]. Shunday ekan, psixologiya fanining bir bo‘lagi bo‘lgan “Oila psixologiyasi”ning ham o‘rni ushbu fan doirasida o‘z o‘rni va ahamiyatiga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. M.V.Halimova va boshqalar. Psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi. – Andijon:
2016-yil, 106-bet.
2. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Sharq, 2010-yil, 10-bet.

Инсонда мулоқот маданияти ўз – ўзини билиш ва бошқа одамларни тушуна олишдан бошланади. Яъни атрофдагиларнинг психологик хусусиятларини тўғри баҳолай олишдан бошланади. Ундан кейин эса уларнинг хулқи ва усулини жамлай билиш лозим бўлади.


Мулоқот маданияти одамда илк ёшликдан бошлаб шакллана боради.
Мулоқотда буйруқ оҳангининг ўстирилиши оилада ўзаро рақобатни вужудга келтиради. Чунки дўқ-пўписа, оиладагиларга нисбатан тез–тез билдирилиб турилган норозилик, самимий мулоқотга путур етказади.
Оилада ўзаро ёрдам, бир – бирини тушинишга ҳаракат қилиш, маслаҳатланиш каби усуллардан фойдаланилса, бундай оилаларда дўстона муносабатлар ўрнатилади ва энг яхши психологик муҳит юзага келади.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling