Оила щукуки


Download 51 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi51 Kb.
#1122778
  1   2   3
Bog'liq
1351757494 25247


Oila huquqi


Reja:
1.Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi


2.Oilaning rivojlanish tarixi
3.Oila huquqining boshqa huquq sohalardagi o`rni

Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasi


Respublikamiz mustaqilikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi.


O`zbekistonda 26 millionga yaqin aholi yashaydi, shulardan 52% xotin - qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda aholining 48 foizini 18 yoshgacha bo`lgan yigit va qizlar tashkil etadi. Hàr yili 170 mingdan ortiq nikohni rasmiylashtiruvchilar mavjud. Jami bugungi kunda O`zbekistonda 6 million 300 mingdan ortiq oila mavjud
Respublikamizda 16 va undan katta yoshdagi ayollar 65,7 foizdan ko`prog`i nikohda, 50 yoshgacha bo`lgan ayollarning 1,04 va erkaklarning 0,75 foizi nikohda bo`lmaganlarni tashkil etadi.1998 yilda 91,6 foiz bolalar nikohdan o`tgan er – xotindan tug`ilgan.

Mamlakatimizda aholining ko`p qismini bolalar va yoshlar tashkil qiladi. Ijtimoiy muammolar ham shunga ko`ra o`z ifodasini topadi.


Respublikamiz Konstitutsiyasining 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega”, deb tasdiqlangan. Oilalar tinch-totuv yashashsa, jamiyatga keltiradigan ijobiy yutuqlar ko`payadi, farzandlar yaxshi tarbiya oladi. Oilaga esa g`amho`rlik qilish va unga har taraflama moddiy yordam berish, insonparvar demokratik davlatning muhim vazifasidan biridir.
Respublikamiz Prezidenti oilaning jamiyatdagi o`rniga baho berib shunday deydilar: “Oila-jamiyatning negizi, Bizning davlatimiz ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o`zaro hurmat va qattiq tartib bo`lmasa, oilaning barcha a`zolari o`z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko`rsatmasa, yaxshi va munosib yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o`zining ko`p asrlik mustahkam va ma`naviy tayanchlariga ega bo`ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. “O`zbeklarning aksariyati o`zining shaxsiy farovonligi to`g`risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug`lari va yaqin odamlarining, qo`shnilarining omon-esonligi to`g`risida g`amxo`rlik qilishni birinchi o`ringa qo`yadi. Bu esa eng oliy darajada ma`naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”



Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling