Oilada bolaga shavqatsiz munosabatda bo`lish ota-onalar va farzandlarning xuquq va majburiyatlari


Download 0.99 Mb.
Sana06.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1171547
Bog'liq
oilada bolaga shavqa


OILADA BOLAGA SHAVQATSIZ MUNOSABATDA BO`LISH

Ota-onalar va farzandlarning xuquq va majburiyatlari. Voyaga yetmagan bolalarning oiladagi xuquqlariga bag’ishlangan qoidalar birinchi marta mazkur Oila Kodeksida nazarda tutilmoqda. Avvalgi nikoh va oila kodekida bevosita bolalar xuquqiga bag’ishlangan qoidalar yo’q edi, ularning xuquqlari ota-ona va bolalar o’rtasida vujudga keladigan xuquqiy munosabatlar orqali belgilanar hamda ular voyaga yetmagan bo’lganlari tufatli aksariyat xollarda mustaqil xuquqqa ega emasdirlar, bundaylar ota-ona qarmog’idagi obyektlar sifatida qabul qilinadilar. Voyaga yetmagan bolalarga bag’ishlangan mustaqil bobning kiritilishi Oila Kodeksiga o’tmishda bolalar xuquqni cheklashga qaratilgan qoidalarni bartaraf qilish qonunchilik tajribasida qo’lga kiritilgan ijobiy yutuq bo’ldi. Bu bilan BMT tomonidan 1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan va O’zbekistan Respublikasi Oliy Kengashning 1992-yil 9-dekabrdagi qarori bilan radifikatsiya qilingan “ Bola xuquqlari to’g’risida”gi Konvensiyaga amal qilindi. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi Muqaddimasining 5- bandiga binoan, O’zbekistonda xalqaro xuquqning umumiy e’tirof etilgan qoidalari ustunligining tan olinishi va bu ustunlikning Bolalar xuquqlari Konvensiyasiga qo’shilishi Oila Kodeksi tomondan voyaga yetmagan bolalarni mustaqil shaxs sifatida muayyan xuquqlariga ega qilish, ularni ma’lum darajada amalga oshirish va himoya qila bilish uchun imkoniyat yaratdi.


Bola tushunchasi “Bola xuquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasining 1-moddasida, O’zbekiston Respublikasi Fuqorolar Kodeksining 22, 27, 29-moddalarida, Oila kodekining 71-moddasida ifodalanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, o’n sakkiz yoshga to’lmagan bolalar voyaga yetmagan deb hisoblanadi. 
Fuqorolar oilaviy munosabatdan kelib chiqadigan xuquqlarni o’z hoxishiga ko’ra tasaruf etadilar. Oila a’zolarini o’z huquqlarini amalga oshirishdagi hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolarini va boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart. 
Oila quruvchilarning qonuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning xuquqiy xolatini o’zgartirib yuboradi. Nikoh tufayli er-xotinlik o’rtasigadi munosabatlar axloqiy qoidalar bilan emas, balki xuquqiy normalar bilan tartibga solinadi. Er-xotin qayd etilgan nikoh munosabati bilan vujudga keladigan xuquq va majburiyatlari ikki xil shaxsiy va mulkiy bo’ladi. 
Ota-ona va bolalarning o’zaro munosabatlari oilada alohida o’rin tutadi. Bular shaxsiy (nomulkiy) va mulkiy huquq va majburiyatlardir.
ila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. 

Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi.


Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega.

Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling