Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija
Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni
Download 69.14 Kb.
|
Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi mundarija kiris
2.1.Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni
Ma'rifat – bilim va ilm, uni egallash ma'nosida u yoki bu insoning tabiat, jamiyat, inson mohiyati haqidagi bilim va ilmlarni egallaganlik darajasi va unga aloqadr bo‘lgan jihatlarni aks ettiruvchi tushunchadir. Ma'rifatli degani esa – muayyan sohada ma'lumoti bor, ko‘p narsani biladigan, mushohada qiladigan, bilimli, o‘qimishli demakdir. Fanlar keng va chuqur rivojlangan va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, fan namoyondasi ilmning ya'niki ma'rifatning ma'lum sohasi, yo‘nalishinigina egallashga erisha oladi. Masalan, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, matematika va boshqalarning ham ma'lum, o‘zi qiziqqan yo‘nalishlarini egallaydilar. Ma'naviyat, ma'naviylik va ma'rifat, ma'rifatlilikning o‘zaro munosabati va nisbati masalasini to‘g‘ri aniqlab olish ma'naviyat barkamol, komil insonlarni tarbiyalashda, jamiyat ma'naviy – ma'rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga egadir. Har qanday jamiyatning o‘ziga xos ma'naviy ehtiyojlari mavjud bo‘lib, ular orasida bilimga bo‘lgan ehtiyoj yetakchi o‘rinni egallaydi. Chunki jismoniy va ma'naviy sog‘lom odam tinmay bilim olishga intiladi. Qur'oni karim va Hadisi shariflarda bilim egallash – jamiyatga va o‘ziga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib yetishishida muhim omil ekanligi qayd etilgan. Bilim olish farz ekanligi qayta-qayta uqtiriladi. Bilimsizlik jamiyatda jaholat, razolat, buzg‘unchilik avj olishiga va oxir oqibat halokatga olib kelishligi bayon etilgan. Hadislarda «Olim bo‘l yoki bilim o‘rgatuvchi bo‘l, yoki tinglovchi bo‘l, yo bo‘lmasa bilimga va ilm ahliga muhabbatli bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan»,- deyilgan. Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy barkamol, iymon-e'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach, amalga hojat yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsa-yu, amal bo‘lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Insoning bilim va ilmni egallab kundalik amaliy faoliyatda ularga amal qilishi insof, iymon, vijdon, ixlos kabi ko‘plab ma'naviy fazilatlarning yanada mustahkamlanishga olib keladi. Ma'naviyati va ma'rifati yuksak kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, o‘zgalarga himmat – muruvvat ko‘rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘zlari uchun baxt deb biladi. Yuksak ma'naviyat va marifat sohibi bo‘lgan kishilar boshiga mushkul ish, qayg‘u tushgan kishining mushkilini oson qiladi, qayg‘usiga sherik bo‘ladi, dardiga malham bo‘ladi, hojatini chiqaradi, yetim-yesirlarni parvarish qiladi. Bunday fazilat egasi bo‘lgan kishilarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usi, oriyat kuchli bo‘ladi. Ular o‘z millati, el-ulusi manfaati sharafini himoya qilishni o‘zi uchun shon-sharaf deb biladi, Vatan mustaqilligiga havf tug‘ilsa, uning himoyasi yo‘lida mol - dunyosini, jonini ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barpo etishimizda ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun umummilliy miqyosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa bo‘lib qolmoqda. O‘z istiqboli, kelajagini o‘ylagan har qaysi inson, xalq, millat, mamlakat o‘z farzandlarining ma'naviy – ma'rifiy tarbiyasi haqida o‘ylashi va qayg‘urishi kerak. Zero buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Jamiyatni, mamlakatni, xalqni tanazzul va halokatdan asrovchi va qutqaruvchi kuch ma'naviyat va ma'rifatdir. Buni bizning ajdodlarimiz to‘g‘ri tushunib yetgan va o‘z farzandlarini kamolga yetkazishda ularning ma'naviy va ma'rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berganlar. Bu haqda eng qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»da shunday deyilgan: «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o‘qishni, keyin esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin». Ma'naviyat va ma'rifat birgalikda bir maqsadni ko‘zlaydi, ya'ni kishilarni kamolot cho‘qqisini egallashlari uchun yo‘l ochadi. Zaminimizda yashab ijod qilgan mutafakkirlar o‘z asarlarida ma'rifat ya'ni ilm – fanning inson ma'naviy barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida qimmatli fikrlarni bayon qilganlar. Ularning ma'naviyat va ma'rifatning inson barkamolligida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi qarashlarini o‘rganish – bugungi kunda ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. «Bizlarni (ilm) jaholat qorong‘ulig‘idan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur. Alloh taologa muhabbat va e'tiqodimizni orttirur... Ma'rifat deganda nimani tushunamiz? Ma'rifat-pedogogika nuqtai nazaridan ta'lim va tarbiya so‘zlarining qo‘shma birligini bildirib, ta'lim – bilim berish, tarbiya esa olgan bilimlarni hayotda qo‘llay olishlik ya'ni olingan bilimlarga ko‘nikma hosil qilish, avlodlar tarbiyasini odamlarga o‘rgatish ma'nosida talqin etiladi. Ma'rifat – ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar – jamiyat va insonlarni ma'rifatli qilish uchun kurashuvchi, ma'rifat xomiysi va tarafdori demakdir. Ma'rifat qaramlik, qo‘rquv va hadikni bartaraf qiladi, insonga beqiyos ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat ato etadi. Shuning uchun barcha zamonlarda ozodlik uchun kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma'rifiy uyg‘oqligida deb bildilar va ma'rifat uchun kurashdilar. O‘tmishda yashab ijod etgan allomalarimiz Farg‘oniy, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Buxoriy, Termiziy, Marg‘iloniy, Motrudiy, Zamaxshariy va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallabgina qolmay, uni – ya'ni ma'rifatni keng targ‘ib etganlar, o‘rgatganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar. Turkiston ma'rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Is’hoqxon Ibrat, Ahmad Donish va boshqalar mamlakatni, xalqni milliy zulm va ma'rifiy qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma'rifatda deb bildilar. Ma'rifatparvarlik harakatining yorqin siymolaridan biri Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir», - degan g‘oyasi ma'rifatparvarlik harakatinig dasturini tashkil etgan. Ma'rifatli inson bilimlidir. Bilim insonning fazilatini ulug‘lovchi xususiyatlardan biridir. Bilim olish, ma'rifatli bo‘lish, insonlar turli sohalarda qiyinchillikka duch kelganda moddiy va ma'naviy jihatdan g‘alaba qilishi uchun zarur. Bilimsiz, ma'rifatsiz kishi himoyasizdir. Ma'rifat keng ma'noda odamlarga bilim berish, ko‘nikma va malaka hosil demakdir. U ma'naviyatni shakllantiruvchi, jamiyatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik quvvatini oshiruvchi inson faoliyati sohasidir. Boshqacha aytganda ma'rifat jamiyatning ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi tushunchadir. Ma'naviyat har doim ma'rifat bilan ya'ni bilim bilan uyg‘un holda rivojlanib boradi. Har ikkalasining uyg‘unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma'naviy barkamol, iymone'tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‘lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid Muhammad G‘azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar «Ilm bo‘lgach, amalga hojat yo‘q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‘zi bilan kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e'tiqodi bo‘lib, ular uchun ilm hosil bo‘lsayu, amal bo‘lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‘qligini bilishmaydi. Holbuki o‘qib o‘rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir». Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan, ma'naviy barkamol, komil zotlar o‘zlarida ma'navyat va ma'rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalar bo‘lganlar. Ular ma'naviyat va ma'rifat chiroqlarini mash'alasingari yoqqanlar. Yuksak ma'naviyat va ma'rifat tufayli To‘ron zamin yer yuzida shuhrat qozongan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirgi davrda milliy kamolot yo‘li mana shu yo‘l bundan boshqa yo‘l yo‘q. Ma'naviyat va ma'rifat xalqimizning, millatimizning, Vatanimizning porloq kelajagi uchun suv va havodek zarur. Ma'naviyat va ma'rifatning o‘zaro birligi, uyg‘unligi, ma'naviy va ma'rifiy tarbiya ishlarimizni birga olib borish taraqqiyotimiz taqazosi. Ularni bir-biridan ajralgan holda, boshqa-boshqa olib borib bo‘lmaydi. Zero, ta'lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”, chunki “... inson qalbiga yo‘l avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘tgan asrning boshidayoq “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ahlining ongu shuurini uyg‘otishga da'vat etgani bejiz emas... Bu so‘zlarning qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham isbotlanmoqda”. Ma'naviyat va ma'rifat, uni egallash masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan “Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb bu dunyoni unitmang” degan mazmundagi naqlini hyech qachon esdan chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar, ilmma'rifat doimo bir-birini to‘ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma'naviy kamolot cho‘qqilariga erishganligidan dalolat beradi. Ma'naviy va ma'rifiy qashshoqlik bilan hyech bir millat, u yashayotgan mamlakat hyech qachon iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotning yuksak cho‘qqilariga erisha olmaydi. Insonning barkamolligi, tarbiyalanganligi, ododbliligi salomdan boshlanadi. Salom odamning kimligini ifodalab turishi kerak. SHundagina salom insonlarni ezgulikka etaklayveradi hamda odamning qadr - qimmatini oshiradi va salomlashishga odatlantiradi. SHuning uchun ota - onalar oilada bolalarni salomlashishga o‘rgatish sharq xalqlarining eng qadimgi oilaviy an’analaridan biridir. Umuminsoniy oilaviy urf – odatlar va an’analarni chuqur o’rganish ularni tahlil qilish, ularni turkumlashtirish, ularni paydo bo’lish yo’llari, revosutsion paydo bo’lish aniqlash ilmiy asoslardan g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni xayot talab etmoqda. Bularni xamon kelajak kishini tarbiyalashda amaliy yordam beradi. Qadim zamonlardan hatto o’zbek xalqini yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oildada amalga oshirilgan. Bunda tabiat va ijtimoiy omillar xal qiluvchi o’rin tutganligi shubxasiz. Xalq pedagogikasi xamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asaliy manbalariga tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham axamiyatni yo’qotmagani yo’q. Shuning uchun ham yosh avlod – ajdodlarimiz tomonidan tarixiy sharoitdagi vujudga kelgan ilg’or an’analarni o’zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nixoyatda zarurdir. Nixoyatda mazmuniga ko’ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar qarama – qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi. Ayrim onalar qanday bo’lsa o’sha xolda ko’rinishda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ba’zilari ko’rinishni o’zgartiradi, ba’zilari esa yangilarini uyg’unlashadi, takomillashadi. Bolalar oilaviy an’analarga juda katta e’tibor, qiziqish bilan tayyorlanadilar, kutadilar. Bunday an’analar ular tarbiyasiga taalluqli bo’lgan vositalar sanaladi, ko’rinishdagi an’analarning umri boqiydir, urf – odatlar qancha xayotiy xalqchilik qancha ko’p tarqalgan bo’lsa u xalqda shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Download 69.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling