Oilada muloqot madaniyati va muloqotdagi to’siqlar. Annotatsiya


Download 23.49 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi23.49 Kb.
#1355146
  1   2   3
Bog'liq
Muhammidiyeva X


Oilada muloqot madaniyati va muloqotdagi to’siqlar.

Annotatsiya. Ushbu maqolada oiladagi muloqot madaniyati, oiladagi muloqot,insonlar muloqotidagi bir qancha to’siqlarni ko’rsatib o’tadi.
Kalit so’zlar. Oila , ota, ona, muloqot, muloqot madaniyati, to’siqlar psixologik to’siq, vaziyatli to’siqlar, mazmuniy to’siqlar
Inson yaralibdiki, u bevosita yoki bilvosita ,yoki bo’lmasa ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda muloqotga kirishadi. Inson bir birini anglaganda, idrok etganda muloqotga kirishadi. Muloqotda insonlar pozitsiyalarini almashgan holatda muloqot qiladi yani doim tinglovchi yoki bulmasa doim gapiruvchi yani, so’zlovchi bo’lavermaydi. Vaziyatga qarab tinglovchi- so’zlovchi, so’zlovchi- tinglovchi bo’lishi mumkun, bunday muloqot samarali hisoblanmaydi. Muloqotda samaradorligi ham pozitsiyalarning almashinuvidir. Oila jamiyatning bir bo’lagi, shunday ekan muloqot ham ham oilada vujufga keladi Oilada bola tug’ilgandan so’ng ozroqbkatta bo’lishini ham kutib o’tirmasdan u bilan muloqotga kirishga urinadilar. Ona gaplarini bola tushunmasa ham unga gapiraveradi.Nimalarnidir aytadi,erkalaydi .Bola kata bo’layotgandan keyin muloqotga kirishadi. Ayniqsa 5 yoshdan boshlab ko’p savol bera boshlaydi. Oilada ham muloqot madaniyati bor.Ayniqsa bu o’zbek oilalarida yoqqol ko’rinadi. Kattalarga hurmat, gapini bo’lmaslik, tik boqmaslik, gap qaytarmaslik, ovozini baland qilib gapirmaslik va hakozolar kiradi.
Oilada muloqotning samarodorligi bolaning kelajagiga o’z tasirini o’tkazadi. Agar bola oilada muloqotning kam sharoitda o’ssa, u kata bo’lgach ham tortinchoq boshqalar bilan kirishishga qiynaladigan bo’lib o’sadi. Bu esa uni kelajakda muomolarni keltirib chiqaradi.Oilada muloqot madaniyatini tarbiya orqali ona o’rgatadi.Tarbiyani naqadar murakkab va uzoq vaqtni talab etishini barchamiz bilamiz. Yusuf Xos Hojib aytganlaridek: Tarbiya ko’zdan –nurni, beldan- quvvatni, tanadan – darmonni oladigan juda murakkab, xilma-xil va uzoq mashshaqatlarni talab etuvchi jarayondir. Tarbiya orqali ham muloqotga kirishishni, to’g’ri va samarali muloqot qilishni o’rgatadilar.
Odamlar o’rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalrida boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarning eng muhim shartlaridan hisoblanadi.Odamning aqli, irodasi, hissiyoti, madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokatliligi va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir.Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og’rig’I, nevrozlar, insultlar, infarktlar va boshqa turli kasalliklar, shuningdek ichkilikka,giyohvand moddalarga ruju qo’yish, hatto o’z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytishicha dono Ezop o’z xo’jaynining ,,Menga avval dunyodagi eng mazzali, shirin taomni keltiring va undan so’ng aksincha eng bemaza, yaramas taomni keltir’’,─deb buyurganida, u har ikkala safar ham qynatilgan tilni keltirgan ekan.Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish , qanday tashkil qilishiga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo’lishi yoki aksincha eng fojiali bo’lishi ham mumkin.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotning tezlashuvi aholi zichligi ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy ro’riqish kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda odamlarning muloqot madaniyatining yuqori darajada bo’lishini taqazo etadi.

Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling