Oiladagi bola tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish Mavzu rejasi
Download 59.34 Kb.
|
Oiladagi bola tarbiyasida milliy an
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari
Namuna – shaxsga atrofdagilar (xususan, oʻqituvchilar, ota-onalar, yoshi katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish, kundalik faoliyatni tashkil etishda oʻrnak, ibrat boʻla olishlarini ifodalovchi metod sanaladi.
Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna boʻla oladi: 1. Ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlariga bilan oʻzaro munosabatlari, kundalik faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilar nisbatan yondashuvlari; 2. Oʻqituvchilarning hamkasblari, rahbarlari, shuningdek, oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlari, nutq va muomala odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi mas’uliyatlari; 3. Ishlab chiqarish ilgʻorlari, umuminsoniy hamda milliy ilm-fan, madaniyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan shaxslarning hayoti va faoliyatlari; 4. Badiiy asarlar, kinofilmlar, spektakllar qahramonlarining xatti-harakatlari, ma’naviy qiyofasi; 5. Afsonaviy va tarixiy milliy qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan shaxslarning jasoratlari; 6. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado etgan shaxslarning xatti-harakatlari; 7. Tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda oʻzlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari va boshqalar. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini toʻgʻri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi. Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat fikri, tarbiyalovchi vaziyat kabilar ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari sirasiga kiradi. Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish koʻnikmalarini egallash yoʻlida muayyan amal, harakatni koʻp marta takrorlash. Mashqlantirish (mashq qildirish) – muayyan xatti-harakatlarni koʻp marotaba takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi. Mashqlantirish natijasida muayyan koʻnikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, oʻquvchining aqliy qobiliyati oʻsadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi. Tarbiya amaliyotida mashq qildirishning quyidagi turlari mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar; 3) maxsus mashqlar. Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish, oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Kun tartibi mashqlari ta’lim oluvchilarni belgilangan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish, u bilan bogʻliq ravishda muayyan harakatlarni bajarish, ish va boʻsh vaqtdan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish uchun xizmat qiladi. Maxsus mashqlardan tanlangan soha boʻyicha nazariy bilim, amaliy hamda xulqiy koʻnikma, malakalarni hosil qilishda foydalaniladi. Download 59.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling