Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam ko'rsatish shakillari
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi
Download 27.96 Kb.
|
Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam ko\'rsatish shakillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy vazifasi.
Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi. Oila – jamiyatning birlamchi bug‘ini sifatida ko‘p asrlik an’analar, urf – odatlarga tayanib yashaydi. Oila halkning tayanchi, ma’naviy va axloqiy meros makonidir. Oila tajribasini an’ana, urf – odatlar, marosimlar zamirida ijtimoiy hayot tushunchasi va qoidalarini avloddan – avlodga o‘tkazib keladi. Milliy istiqlol g‘oyasining kurtaklari, eng avvalo, oilada unib – o‘sadi. Bu jarayonga ota – onalar va bolalarning hamkorligi, qarindoshlarning o‘zaro yordami, kattalarga izzat – ikrom ko‘rsatish, bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy mehr – oqibat rishtalari ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sog‘lom muhit - yuksak ma’naviy – axloqiy hislatlarni shakllantirish kafolatidir. Oila, maktab va voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining ijtimoiy–pedagogik imkoniyatlari, ularning qonunga buysunuvchi fuqarolarni tarbiyalash yuzasidan birgalikda olib borgan ishlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishni ta’minlaydi.
Oila bola shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhitdir va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta sekin jamiyatga kirib borishidan iboratdir. Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy ahlokiy koidalariga, halk an’analariga bolani o‘rgatish ota onalarining majburiy vazifasidir. Tarbiyaviy vazifasi.Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoklaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarnig shaxsiy ibratlari bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay bola kattalarning qilganlarini takrorlaydi, ularning harakatlariga taqlid qiladilar.Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi bolaning atrof-dunyoga, odamlarga nisbatan yagona ulchov belgisi bo‘lib koladi. To‘g‘ri ba’zan oilalarda ota-onalari bemor bo‘lganida, buzuq hayot kechirganlarida, pedagogik madaniyatga ega bo‘lmaganlarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta bola shaxsi tarbiyasiga shunchaki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay ma’naviy-psixologik muqiti, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar bilan ta’sir ko‘rsatadi. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling