Оиланинг бош=а аъзоларига хос алимент мажбуриятлари


Alimentlarni to`lash va undirish tartibi


Download 46 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi46 Kb.
#1785520
1   2   3
Bog'liq
Aliment toʻlash va uning tartibi

Alimentlarni to`lash va undirish tartibi

  1. Aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o`z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablag` olayotgan joyida to`lanadi. Ixtiyoriy tartibda to`lanayotgan aliment nafaqat bolalarga, qonun bilan belgilangan hollarda, er-xotindan biriga, ota-onalarga, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlarga ham berilishi mumkin. Qonun voyaga yetmagan bolalarning manfaatlarini alohida himoya qiladi. Ixtiyoriy tartibda aliment to`lash haqidagi arizada ularga to`lash uchun belgilangan mablag` o`z miqdori jihatidan qonunda belganlangan miqdordan kam bo`lmasligi kerak.

  2. Aliment olish huquqiga ega bo`lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelgandan so`ng qancha muddat o`tganidan qat`iy nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to`g`risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

  3. Aliment undirish aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ixtiyoriy ravishda aliment to`lash arizasiga yoki aliment to`lash to`g`risida notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga ko`ra yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan, aliment to`lashga majbur bo`lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi ma`mur yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joydagi tashkilot ma`muriyati tomonidan amalga oshiriladi.

  4. Sudning hal qiluv qarori yoki aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv bo`yicha aliment ushlab qolishi lozim bo`lgan ish beruvchi (tashkilot ma`muriyati) aliment to`lovchi shaxs bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish, o`qish joyi yoki turar joyi, unga ma`lum bo`lsa, bu haqda sudning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi sud ijrochisiga yoki aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart.

  5. Aliment qarzi aliment to`lashi shart bo`lgan shaxsning ish haqi va boshqa daromadidan undiriladi.

  6. Aliment qarzining miqdori sud ijrochisi tomonidan sudning hal qiluvchi qarori yoki aliment to`lash to`g`risidagi notarial tartibida tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

  7. Qonunga asosan aliment miqdori kamaytirilishi yoki aliment to`lashdan ozod qilinishi mumkin.

  8. Agar aliment to`lashga mas`ul bo`lgan shaxs chet mamlakatga doimiy yashash yoki uch oydan ortiq muddatga ketsa, aliment to`lashini tartibga solib ketishi lozim. Aliment to`lashga mas`ul shaxs chet elga ketishidan avval aliment talab qilishga haqli bo`lgan oila a`zolari bilan bitim tuzishi mumkin. Agar ixtiyoriy ravishda bitim tuzilmasa manfaatdor taraf sudga murojaat etishga haqli.

  9. Qonunda aliment to`lash tugatilish asoslari ko`rsatilgan, sud tartibida aliment to`lash;

  10. bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to`la muomala layoqatiga ega bo`lganda;

  11. foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganida;

  12. sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo`lmay qolgan deb topsa;

  13. mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;

  14. aliment oluvchi yoki aliment to`lashi shart bo`lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., “ O`zbekiston”, 2002.

  2. Karimov I.A. –O`zbekiston buyuk kelajag sari. T., “O`zbekiston”, 1998.

  3. Karimov I.A. – Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T., “O`zbekiston”, 1999.

  4. Karimov I.A. – Xavsizlik va arqaror taraqqiyot yo`lida. T., “O`zbekiston”, 1998.

  5. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T., “O`zbekiston”, 2000.

  6. O`zbekiston Respublikasi oila kodeksi. T., “Adolat”, 2000.

  7. O`zbekiston Respublikasining oila kodeksiga sharhlar. T., “Adolat”, 2000.


  8. Download 46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling