Oilaning iiqtisodiy funksiyasi nimadan iborat?


Oilaning regulyativ funksiyasi nimaga xizmat bo‘lish?


Download 1.79 Mb.
bet5/8
Sana08.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1341178
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
малака иши

Oilaning regulyativ funksiyasi nimaga xizmat bo‘lish?
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy xamda ma’naviy tomonidan qo‘llab-quvatlash nazarda tutiladi. O‘tgan zamonlarda oilaning boshqarish funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab xam qo‘yilgan. Unga ko‘ra, oilada kim xonadon boshlig‘i bo‘lishiga, uning obro‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shua’zosi (asosan ota) butun umri davomida o‘z farzandlari va oila a’zolari xatti-xarakati, xulqi uchun javobgar bo‘lgan. Unda ota-onasiga bo‘ysunmaganlarni jazolash xollari xam nazarda tutilgan.
Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy meyorlar, oila a’zolarning shaxsiy obro‘si va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bo‘lgan munosabatlardagi obro‘si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shungako‘ra, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarning qiziqish va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning aloxida-aloxida) yetakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning xar tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijasida jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi o‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning ko‘payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksmyasioila a’zolarining xulqi, masuliyati, majburiyati kabilarni xam boshqarishni, nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Odam oila qurgandan so‘ng, albatta, uning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chiqmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. Shunga ko‘ra u o‘zining xatti-xarakatlari, xulqini xam oilali odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotining xulqi xam endi o‘ziga xos tarzda boshqariladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling