Oilaning kommunikativ vazifasi


Download 27.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi27.5 Kb.
#233369
Bog'liq
glossarij-10


Oilaning kommunikativ vazifasi-oila a’zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi

Endogamiya-faqat bir urug’ vakillari o’rtasidagi jinsiy aloqadan, agomiya, ya’ni jinsiy munosabatlarning vaqtinchalik ta’qiqlanishi

Ekzogamiya-turli qabila vakillari o’rtasidagi muntazam jinsiy aloqa yuzaga kelishi.

Reproduktiv-jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish vazifasidir.

Rekreativ - o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila a’zolari dam olishini tashkil etish vazifasidir.

Oilaning_felitsitologik_vazifasi'>Oilaning felitsitologik vazifasi-oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy baxtga erishishga intilish.

Oilaning regulyativ vazifasi-oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish, birlamchi ijtimoiy nazorat o’rnatish, oilada ustunlik va obro’ni amalga oshirish jarayonlari.

Oilaning relaksatsiya vazifasi - oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini mehnat qobiliyatini qayta tiklash demakdir.

Emotsional-shaxsning voqelikka bo’lgan munosabatida ifodalanadigan turli yoqimli va yoqimsiz kechinmalar.

Oilaning hissiy-emotsional funktsiyasi - bu uning o’z a’zolari o’rtasida muayyan iliq munosabatlarni sakdash, ular o’rtasida mehr-oqibat, o’zaro gamxo’rlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishdir.
Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling