Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir


Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri


Download 36.96 Kb.
bet2/7
Sana09.01.2022
Hajmi36.96 Kb.
#262899
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oila haqiada manba

Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri

Shaxs tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan o‘ziga xos mikroja- moalardan biri oiladir. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotir- lanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik — bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqquncha shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi. Rus psixologi R.S.Nemov oila a’zolari orasidagi munosabat- larni to‘rtga ajratadi. Ular psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy va madaniy1. Psixofiziologik munosabatlarga — biologik qarindoshlik va jinsiy munosabatlar kiradi. Psixologik munosabatlar — ochiq- lik, ishonch, bir-biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro axloqiy va hissiy qollab-quvvatlash. Ijtimoiy munosabatlar, rollarning taqsimlanishi, oilaning moddiy tomondan bogliqligi, shuningdek, mavqeli munosabatlarni - avtoritet, rahbar, bo‘ysunishni o‘z ichiga oladi. Madaniy munosabatlar — urf-odat va an’analar bilan bog‘liq oila ichidagi bog'lanish va munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu murakkab munosabatlar tizimi farzandlarning oiladagi tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oiladagi ijtimoiy-psixo- logik omillarga to‘xtalib o‘tamiz. Birgalikdagi hayot turmush o‘rtoqlardan doimiy kelishuvga tayyorlikni talab etadi, bunda turmush o‘rtog‘ining qiziqishlari va ehtiyojlari bilan hisoblashish, bir-birini hurmat qilish, bir-biriga ishonish, bir-birini tushunish- ga harakat qilish lozim bo‘ladi. Bolani tarbiyalashga ta’sir etuvchi salbiy omillar qatoriga oila ichidagi munosabatlar odobining er-xotinlar tomonidan doimiy buzilishi, o‘zaro ishonch, e’tibor, g‘amxo‘rlik, hurmat, psixologik qo‘llab-quvvatlash va qollab-quvvatlashning mavjud emasligini ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha bunday salbiy anomaliyalarga er,xotin, beka, oila boshlig‘i kabi oilaviy rollarning bir xil tushunil- masligi, er-xotinlarning bir-biriga yuqori talablar qo‘yishi sabab bo‘Iishi mumkin. Bola tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni amalda bartaraf etish uchun er-xotin orasidagi o‘zaro munosabatlar quyidagi asosiy tamoyillar asosida qurilishi lozim: 1. Turmush o‘rtog‘ingizni o‘zingizga yoqadigan qilib qayta o‘zgartirish vazifasini qo‘ymang. Uni shaxs sifatida tushunishga, voqelikka uning ko‘zi bilan qarashga, odatiy bo‘lmagan, o‘rganil- magan, lekin bola tarbiyasida muhim bo‘lmagan jihatlar bo'yicha aqlli kelishuvni amalga oshiring. 2. Fikrlarda, qarashlarda, ayniqsa tarbiya masalalari bo‘yicha umumiylikni barcha iloji bor usullar bilan mustahkamlashga harakat qiling. 3. Oila qurgan insonlar shaxs sifatida shakllanib bo‘lganligi uchun qarashlarda farqlar yuzaga kelganda nizolashishgacha olib bormaslik lozim. 4. 0 ‘z xatolaringizni ochiq tan olishga, haqligingizdan shub- halanishga uyalmang. 5. Turmush o‘rtog‘ingizga tanqidiy munosabatda bo‘lishdan ol- din, o‘zingizga ham tanqidiy munosabatda boling. Buning uchun har doim ko‘p asoslar topilishi mumkin. 6. Turmush o‘rtog‘ingizda ayrim kamchiliklar, masalan, sal- biy xarakter xislatlari paydo bo‘lsa, normal holat deb qabul qilish lozim. Barchada kamchilik bor, beayb parvardigor. Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-ona- lar turli tarbiya vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantiri- shadi, jazolashadi, uning uchun namuna bo‘lishga harakat qili- shadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash va taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir qilish mumkin. Bolani boshqa yo‘1 bilan amalda o‘zgartirib bolmaganida ja- zolashdan ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehtiyoj tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun iloji bori- cha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash adolatli, lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo‘rquv paydo qilishi mumkin. Bolaning qilgan xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali bo‘ladi. Ko‘proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoq- lashadi, emotsional befarq bo‘lib qoladi hamda yuqori agressivlik- ni namoyon etadi.


Download 36.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling