Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri bu uning reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir


- mavzu.Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot


Download 36.96 Kb.
bet6/7
Sana09.01.2022
Hajmi36.96 Kb.
#262899
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oila haqiada manba

16- mavzu.Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot

Reja:

1.Oilada muloqot


2.Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to’siqlar
3.Oilaviy munosabatlar
4.Er-xotin munosabatlarining o’ziga xosligi
5.Er-xotinlik munosabatlari

 Har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma`naviy barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi. Islom Karimov



Oilada muloqot Odamlar o`rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og`rig`i, nevroz, insult, infarkt va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, ichqilikka, giyohvand moddalarga ruju qo`yish, hatto o`z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o`z xo`jayinining «Menga avval dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so`ng aksincha, eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo`lishi yoki aksincha, eng fojiali bo`lishi ham mumkin.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo`riqish va ta`sirchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda muloqot madaniyatining yuqori darajada bo`lishini taqazo etadi.




Download 36.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling