Oilaning turlari
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
Download 76.5 Kb.
|
OILANING TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning regulyativ funksiyasi nimaga xizmat bо‘lish
Oilaning felitsitologik funksiyasi nima?
Xozirgi zamon oilasining tobora axamiyati ortib borayotgan funksiyalardan biri uning felitsitologik funksiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kо‘p jixatdan xal qiluvchi omil bо‘lib bormoqda. Baxt nima о‘zi? Xozirgi zamon oilasi о‘z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol о‘ynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila quriga undaydi. Inson о‘ziga ato etilgan baxtning tо‘rtdan uch qismini oiladan, choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini tо‘liq tushunish-ularning о‘zlarini baxtli xis qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, о‘zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni rо‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash xam insongaо‘zini baxtli xis etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi xam ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yо‘llar bilan pul topish orqali baxtli bо‘lishga intilish yoki о‘zgalar xisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy xolatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniqsa: er-xotinning)shaxsiy baxtga о‘z maylicha intilishi oilalarda noxush xolatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xar bir shaxs о‘zida kо‘proq vijdonlik, poklik, xalollik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim. Oilaning regulyativ funksiyasi nimaga xizmat bо‘lish? Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obrо‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy xamda ma’naviy tomonidan qо‘llab-quvatlash nazarda tutiladi. О‘tgan zamonlarda oilaning boshqarish funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab xam qо‘yilgan. Unga kо‘ra, oilada kim xonadon boshlig‘i bо‘lishiga, uning obrо‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shua’zosi (asosan ota) butun umri davomida о‘z farzandlari va oila a’zolari xatti-xarakati, xulqi uchun javobgar bо‘lgan. Unda ota-onasiga bо‘ysunmaganlarni jazolash xollari xam nazarda tutilgan. Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy meyorlar, oila a’zolarning shaxsiy obrо‘si va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bо‘lgan munosabatlardagi obrо‘si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shungakо‘ra, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarning qiziqish va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning aloxida-aloxida) yetakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning xar tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijasida jinoyatchilik kо‘chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi о‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kо‘payib borishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksmyasioila a’zolarining xulqi, masuliyati, majburiyati kabilarni xam boshqarishni, nazorat qilishni о‘z ichiga oladi. Odam oila qurgandan sо‘ng, albatta, uning ijtimoiy mavqei о‘zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chiqmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. Shunga kо‘ra u о‘zining xatti-xarakatlari, xulqini xam oilali odamga xos tarzda qaytadan kо‘rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotining xulqi xam endi о‘ziga xos tarzda boshqariladi. Download 76.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling