Оилавий муносабатларни тартибга солиш ва фарзанд тарбиясида ҳадислардан фойдаланиш имкониятлари


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-7 yoshli bolalar bilim va ijtimoiy rivojlanishida oila tarbiyasi metodlarining tasiri

I  BOB YUZASIDAN XULOSALAR 

 

Oila,  nikoh  masalalari  eng  muhim  muammolardan  bo’lib  turgan  hozirgi 



davrda  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash  ham  pedagogika  fanida  alohida 

dolzarblik  kasb  etmoqda.  CHunki  yoshlar  mutaqil  hayot  bo’sag`asida  turar  ekan, 

ular bir tomondan oilaviy hayotga tayyor bo’lishi zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan 

yosh  avlodni  ta`lim  muassasalarida  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  mutaxassis 

sifatida  faoliyat  ko’rsatadilar.  Oila  qurishda  yoshlar  oldiga  bir  qator  talablar 

qo’yilgan bo’lib, ulardan eng muhimlari ijtimoiy-maishiy,  ma`naviy, ruhiy, jinsiy 

jihatdan  tayyor  bo’lishi  hisoblanadi.  Bu  sohada  sotsiolog,  demograf,  psixolog, 

pedagog  olimlarning  barchasi  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashni  quyidagi 

yo’nalishlarda olib borishga e`tiborni qaratadilar: 

- oila muvofiqligiga e`tibor qaratish; 

- ma`naviy-axloqiy shakllanganlik yoki muomala me`yorlariga rioya etish; 

- nikoh to’g`risidagi qonun asoslari bilan qurollantirish; 

- oila qurishga psixologik jihatdan tayyor bo’lish; 

- fiziologik-gigienik tayyorgarlik; 

- pedagogik bilim bilan qurollanish; 

- oilaviy hayotga estetik munosabatni shakllantirish. 

Lekin talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o’ziga xos xususiyatga ega 

bo’lib, bular oila an`analari, iqtisodiy-maishiy imkoniyatlarini bilib olish, sog`lom 

psixologik  muhit  yarata  olish,  oila  mas`uliyati  va  vazifalarini  jamiyat  talablari 

bilan  uyg`unlashtira olish, bo’lajak  oilaning  modelini  yarata  olish, uni boshqarish 

ko’nikma va  malakalarini hosil qilishdan iboratdir. 

Talaba-yoshlarni 

oilaviy 

hayotga 


tayyorlash 

ilmiy-amaliy 

jihatdan 

quyidagilarni o’z ichiga oladi:  




 

33 


- talaba-yoshlarni  xalq  pedagogikasi  mazmuni  asosida  oilaviy  hayotga 

tayyorlashning nazariy-amaliy asoslarini ishlab chiqish; 

- yangi ijtimoiy sharoitda mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxs tarbiyasining 

bir butun tizimini yaratish; 

- mustaqillik  sharoitida  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  milliy  qadriyatlardan 

foydalanishning mezonlarini ishlab chiqish; 

- talaba-yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlashda  milliy  va  umuminsoniy 

tajribalarni hozirgi davr talablari bilan uyg`unlashtirish yo’llari, mazmuni, shakl va 

metodlari, vositalarini aniqlash.  

Bu  muhim  masalalar  ustida  biz  dissertatsiyaning  keyingi  sahifalarida 

to’xtalib o’tamiz.  



 

34 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling