Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
O’QUVCHILARDAGI DIQQATNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOLOGIK
YONDASHUV
Munisa Abdullayeva Abdulmajitovna
Chust tumani 8-maktab psixologi
Inson bu hayotda yashar ekan o’zidan yaxshi nom va yaxshi farzandlar
qoldirishni xoxlaydi. Ta`lim tizimida yosh avlodga ta`lim va tarbiya berish jarayonida
ularning psixologik holatlari va yosh
xususiyatlarini inobatga olib, har bir yosh
avlodimizga individual tarzda yondashish talab etiladi. Hammaziga ma`lumki, so`nggi
vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo`lgan turli ilmiy-texnik, ma`naviy ,
iqtisodiy ta`sirlarning
haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash
tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to`qnash kelishi mumkin
bo`lgan turli psixologik vaziyatlarni ham oshirmoqda.
Shulardan biri insonlardagi
diqqatning beqarorligi hisoblanadi.
Inson borki, xoh u yosh bo'lsin, xoh katta yoshda bo'lsin, diqqatimizning
tarqoqligidan shikoyat qilamiz. Diqqat insonning eng oliy xususiyatlaridan biri deb
bilaman. Diqqatni jamlab olmasdan turib xech bir kishi o'z oldiga qo'ygan
maqsadiga
erisha olmaydi .Misol uchun,diqqatni bir yerga to'play olmagan bola matematikada
misol yecha olmay qiynalsa, diqqati tarqoq tikuvchi esa ko'ylagini
andozasini bicha
olmaydi. Diqqat qachon buziladi. Qachonki inson ruhiyatida biror bir salbiy hodisalar
ro'y berganda, asabiylashganda,
vahimaga tushganda, jahli chiqqanda, tushkunlikka
tushib qolganda va hakozolarda.Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p
narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir
etayotgan bu narsa va
hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol
aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi,
yoki umuman aks
ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada
qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la
aks ettiriladi. E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, diqqat individning hissiy, aqliy yoki
harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo
etadigan tarzda ongning
yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim