Oilaviy munosabatlarning bola shaxsidaijtimoiy-psixologik munosabatlarning shakllanishiga ta'siri


Download 22.16 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi22.16 Kb.
#1788877
Bog'liq
мақола


OILAVIY MUNOSABATLARNING BOLA SHAXSIDAIJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUNOSABATLARNING SHAKLLANISHIGA TA'SIRI
Shoimov Utkir Amirovich Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 71-umumiy o’rta ta’lim maktabi psixologi
Ma'lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o'zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo'ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo'jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo'lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o'ziga xos, yangicha talablar qo'ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o'zlarida ro'y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o'zgarishlar odamlarning o'zaro muloqot munosabatlari doirasini ma'lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o'tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma'lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo'riqishlarning yuzaga kelishga asos bo'lmokda. Bularning ta'siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda xam o'z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o'zining ko'p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma'nan barkamol, ruhan sog'lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o'z muammolarini bahamjihatlik bilan, o'zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma'naviy asoslari mustahkam bo'ladi. Alohida ta'kidlash joizki, er- xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo'ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o'zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo'lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma'naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to'g'risida teran va ijobiy tasawurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko'tariladi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov, oilada hukmron bo'lishi lozim bo'lgan ma'naviy muhit va noyob udumlarimizning hosiyatlari haqida fikr bildirib: "Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir- birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko'rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O'zbeklarning aksariyati o'zining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarning, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amho'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir" - deb ta'kidlaganlar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro'zg'or yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota- onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to'qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo'ladi. Bu xolatlar albatta farzandlar tarbiyasiga ta'sir etmay qo'ymaydi. Bu esa tarbiya jarayonida ijtimoiy normalarni amal qilishi yoki buzilishida nomoyon bo'ladi. Ayni shu masalalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi.Agressiya va agressiya muammosi uzoq vaqt davomida ijtimoiy psixologiyaning asosiy masalalaridan biri bo'lgan. O'tgan asrning o'rtalaridan boshlab o'smirlardagi tajovuzkor xatti-harakatlarning faol tadqiqotlari o'tkazildi. Ayniqsa, bu muammo hozir juda muhim. O'smirlar o'rtasida tajovuzkor tendensiyalarni o'sishi so'nggi yillarda keskin tarzda yoshlar o'rtasida jinoyatchilik oshdi. Ayniqsa, o'smirlar o'rtasidagi jinoyat ishlari sezilarli darajada oshdi. Bu esa jamiyatimizning bugungi kundagi eng o'tkir ijtimoiy muammolaridan birini ifodalaydi. Jiddiy jarohatlash, bir kishiga qarshi jinoyatlarning ortib soni kundan-kunga ortib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda shafqatsiz yosh guruhlardagi janglarning hollari tez-tez uchraydi.
Shuni e'tiborga olish lozimki, bu kabi holatlarning ortib borishi esa yoshlarning ruhiyatida oilaviy muhitning keskin buzulishi va oilaviy munosabatlarning keskinlashuvi sabab bo'lmoqda. Oila a'zolarining o'zaro muomalalarini o'rganish shuni ko'rsatdiki, maktab o'quvchilarining o'qishga va mehnatga bo'lgan munosabatiga bevosita ta'sir qiluvchi oila muhitidagi holatlar va omillar alohida o’rin tutadi.
Birinchidan: ota-onalarning jamoatchilik faoliyati ularning mafkuraviy qarashlari va ishga nisbatan munosabatlari bola tarbiyasiga ta'siri kuchli bolar ekan.
Ikkinchidan: oila ichidagi munosabatlari ota va ona munosabati, ota-onalarning buva va buvisiga munosabatlari, aka-ukalar va opa-singillarning o'zaro munosabatlari. Uchinchidan: ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati ularning tarbiyaviy muammolari, qiziqishlari maktab bilan hamkorliklari, o'quvchilarga dars tayyorlash kezida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy ahamiyati.
To'rtinchidan: oilada bolalalarning ta'limga munosabatlari va ijtimoiy normalarni bajarishlari va boshqalar.
Demak oila muhitini uch toifaga: ijobiy, o'zgaruvchan va salbiy toifalarga ajratish imkoniyati tug'ildi. Bu esa, oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o'rganishda "baxtli bolalik - bu oiladagi quvonchli hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g'amxo'rligining samarasidir", degan xulosaga kelindi. Shu asosda oilada farzand tarbiyasiga yondashishning oilalarni yo'nalishiga qarab, uch toifaga mansub ekanligini ko'rsatib berish mumkin.
1. Ijtimoiy ilg'or yo'nalishdagi oilaga xos bo'lgan oilalar bizdagi oilalarning ko'pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazarda tutiladi. Ijtimoiy ilg'or yo'nalishdagi oilalarning voyaga yetgan a'zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg'or madaniyatga nisbatan, qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsaga o'z farzandlarida ham havas uyg'otadilar. Oilada goho namoyon bo'ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda hamjihatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo'jalik ashyolari, asboblari, qimmatbaho materiallarni har xil ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog'lanmaydi.

    1. Ziddiyatli yo'nalishga ega bo'lgan oilada barqaror yo'nalish bo'lmaydi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g'oyaning boshqa g'oya bilan o'zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo'ladi, u yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunday holatning ko'zga tashlanishi eskilik bilan yangilik o'rtasidagi kurashni anglatmaydi. Er-xotinning yoki boshqa voyaga yetgan oila a'zolarining murosasiz pozitsiyalari ko'pincha ularning fe'l- atvor xususiyatlaridagi tafovut negizi bilan bog'liq bo'lib, mutlaqo eskilik sarqiti mohiyatidan kelib chiqmaydi. Oilada so'z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda bo'ladi. Faqat burch hissigina, muayyan majburiyatni bajarishgina oila a'zolarni o'zaro birlashtirib turadi. Mana bunday oilalarda er- xotinning bolalarga ta'sir o'tkazish uchun kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo'ladi.

    2. Past darajadagi ijtimoiy yo'nalishga mansub oilalarda ko'pincha ishchanlik udumi va ideallari hokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo'ysundirilgan, ya'ni mol-dunyo to'plashga, moddiy-maishiy jihatdan ustunlikka erishishiga qaratilgan boladi. Voyaga yetgan oila a'zolarining, ota-onalarining korxona, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi ana shu ko'zlangan maqsadga yetish vositasi sifatida, har qanday mehnat esa, ish haqi miqdori bilan o'lchanadi. Oila boshlig'ining zo'ravonligi, zolimligi, unga ko'r-ko'rona va so'zsiz bo'ysunishlik, sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a'zolari farovonligini poymol qilishga intilishi va hokazolar ustun bo'ladi. Meshchanlik ideali va diniy e'tiqod doirasidan tashqari chiqish hollari (kitob o'qish ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi.

Shu boisdan past darajadagi ijtimoiy yo'nalishga mansub oilalardan xudbin,qo’rqoq,jamiyat uchun kam nafi tegadigan o’g’il-qizlar yetishib chiqishi mumkin.
Jumladan, har bir oila a'zolarining yashayotgan mikromuhitda tutgan o'rni va erishgan obro'li, oilalarda er-xotin munosabatlari, ota-onalarning farzandlarga nisbatan muomalalari, turli yoshdagi farzandlarning o'zaro muloqoti, ularning ota-onalarga munosabatlari, oila a'zolarining begona kishilar bilan muloqotga kirishishi xususiyatlari, ular o'rtasida o'zaro yordam va birdamlilik xususiyatlari, uy-ro'zg'or yumushlari taqsimoti, xordiq chiqarish, oila a'zolarida muloqot ko'lamining kengayishi kabi shaxslararo munosabatlarning rang-barang jihatlarini oilada bola ongiga sngdirish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy hayot, mehnat, kattalar va kichiklar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar, axloqiy- ma'naviy qiyofalari, ota-onalarning siyosiy va ma'naviy saviyalari, ularning iqtisodiy ta'minlanganligi, turli ko'rinishdagi faoliyatlari, vaqtni to'g'ri rejalashtirish, yashash sharoitlari va boshqalar oilada farzand tarbiyasini samaradorligini ta'minlovchi omil sifatida namoyon bo'ladi. Biz mavzu yuzasidan quyidagi ilmiy-nazariy, tahliliy natijalarni qo'lga kiritdik:

  • farzandlar tarbiyasini barqarorligini ta'minlashda ota-ona ibrati katta ahamiyatga ega boladi;

  • oiladagi axloqiy tarbiya bilan ta'lim muassalari tarbiyasi mushtarakligini ta'minlash farzandlarning tarbiyalanganlik darajalarini oshiradi;

farzandlar tarbiyasida oilaviy an'analarni, milliy urf odatlar mohiyatini ular ongiga singdirib boorish tarbiyaning milliy xarakterini oshirish imkoniyatini beradi.

  • oilaviy hayotda urf - odat, an'ana, milliy ong va milliy til kabi ijtimoiy tushunchalar va o'rta Osiyo mutafakkirlarining axloq, odob va oilaviy hayot xususidagi didaktik qarashlaridan foydalanish yaxshi samara beradi;

  • oilaviy tarbiyaning o'ziga xos qoidalaridan xabardor bo'lish va kamchiliklarini psixologik - pedagogik bilimlarga tayanib bartaraf etish darkor;

  • oilada shaxslararo munosabatlarning ko'rinishini va rollar taqsimoti bola faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega;

  • oilada ma'naviy, axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirish bolaning har tomonlama ma'nan pok, iymonli, vatani va xalqiga sodiq farzand bo'lib yetishishida yetakchi rol o'ynaydi. Sog'lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o'rinda ota-onaning psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil hisoblanadi.

Har bir ota-ona o'z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug'ullanishi, buning uchun esa ta'lim-tarbiya ishining o'ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning pedagogik- psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

    1. Adizova T.M. O'quvchilarning shaxslararo munosabatlarini psixologik diagnostikasi va korreksion ishlari. - Toshkent, TDPU, 1997.

    2. Baratov Sh. O'quvchi shaxsini o'rganish usullari. - Toshkent, O'qituvchi, 1995.

    3. Nishonova Z.T. Psixik taraqqiyot diagnostikasi. Toshkent. Nizomiy nomli TDPU, 2004 y.

Download 22.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling