2022-yilning 10 oyi davomida Samarqand viloyatida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar tahlili
🔸Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2022-yilning 10 oyi davomida viloyatimizdagi 33 043 ta loyihaga jami 745, 5 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
🔹Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 86,4 mlrd. so‘mi (12%) yuridik shaxslar va YaTTlarga, 659,1 mlrd. so‘mi (88%) o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Bunda asosiy e’tibor aholini qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishiga hamda kafolatlangan yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarini loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.
⚡️Ushbu kreditlarning 97% (700,1 mlrd. so‘mi) “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, 3% (45,4 mlrd. so‘mi) boshqa dasturlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur mablag‘larning 299,2 mlrd. so‘mi xotin-qizlar tadbirkorligini, 281,2 mlrd. so‘mi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ajratilgan.
🔹Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarishga 22 mlrd. so‘m, chorvachilik uchun 124,7 mlrd. so‘m, issiqxonaga 69,6 mlrd. so‘m, tikuvchilik uchun 74,4 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatishga 298,3 mlrd. so‘m hamda boshqa yo‘nalishlar (bog‘dorchilik, baliqchilik va boshqa)ga 156,4 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |