Oits kasalligining tarqalishini tahlil qilish
OITS kasalligining qisqacha ta’rifi
Download 97.5 Kb.
|
Amaliyot hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- OITS kasaligining birinchi marta aniqlanishi
1. OITS kasalligining qisqacha ta’rifi
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — retrovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻlinadi: OIV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OIV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda professor Lyuk Montanye hamda AQShda professor Gallo boshchiliYo-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983-yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng, 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OIV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. .OITS OIV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va hokazo. Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi. .OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin. Oʻzbekistonda OIV/OITS bilan bogʻliq masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining OIV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika.OIV/OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OIV/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OIV/.OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seksiolog xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi. Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.[ 2. OITS kasaligining birinchi marta aniqlanishi Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) to‘g‘risidagi dastlabki xabarlar AQShda ro‘yxatga olingan. 1981 yilda Los-Anjeles va Nyu-Yorklik gomoseksualistlarda pnevmotsist pnevmoniyaning 5 holati va Kaposhi sarkomasining 26 holati aniqlangan. Ularning ko‘pchiligida odamning immunitet tanqisligi virusi – OIV tufayli yuzaga kelgan T–hujayralari immunitet tanqisligi aniqlangan. Birinchi marta OIV infeksiyasining yakuniy bosqichi ta’riflandi va keyinchalik unga “Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi” (OITS) degan nom berildi. Odamning immunitet tanqisligi virusi 1983 yilda ikkita laboratoriyada mustaqil ravishda fransiyalik olim Lyuk Montane rahbarligidagi Paster instituti va Robert Gallo rahbarligidagi AQShdagi saraton kasalligi milliy institutida ajratib olindi. BJSST tomonidan 1985 yilda mazkur virusga odamning immunitet tanqisligi virusi – OIV nomi berildi. 1986 yilda fransuz olimlari tomonidan Afrikaning g‘arbiy mintaqalarida inson uchun patogen bo‘lgan, OITSni keltirib chiqaradigan yana bir retrovirus aniqlandi va u OIV-2 deb ataldi. Bundan 30 yil oldin, aniqrog’i, 1981 yilning 5 iyunida tibbiy mutaxassislar sirli va xatarli bir kasallik haqida ma’lum qilib, insoniyatni ogohlikka chorlagan. Tez orada unga nom ham berildi – inglizchada “AIDS”, ruschada SPID, o’zbekchada esa OITS (Orttirilgan imminutet taqchilligi sindromi). Bu kasallikka yetaklovchi virus “HIV” – immunitet taqchilligi virusi yetib bormagan joy yo’q. Aniqlanganidan beri 25 million odamni hayotdan olib ketdi. Lekin uning xavf darajasi pasaygan. Uzoq yillik, muntazam ilmiy izlanishlar natijasida SPIDga qarshi kuchli dorilar yaratildi, mulolaja turlari ko’paydi. Bugun immunitet taqchilligi virusiga uchragan odamning hayotini saqlab qolish mumkin. 30 milliondan oshiq odam bu virus bilan yashaydi. Shulardan bir yarim millioni Sharqiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyoda. BMTning ogohlantirishicha, O’zbekiston kasallik tarqalishi bo’yicha mintaqada birinchi o’rinda, bemorlar soni rasmiy hisoblarga ko’ra, 16 ming, mustaqil xalqaro tashkilotlar taxminicha esa 30 ming. Kati Bennett immunitet taqchilligi virusiga chalinganiga 21 yil bo’ldi. 1990 yilda bu haqda xabar topganida “tamom, o’laman” deb o’ylagan edi. Lekin shifokorlar umidni boy bermay davolanishni taklif qildi. Dastlab dorilar umuman natija bermadi, aksincha ahvoli og’irlashdi. “To’rt oy davomida o’limni kutib yotdim. Shifokorlar hech narsa qila olmadi”, - deydi Bennet. Lekin sal o’tmay yangi dorilar paydo bo’ldi. Kati Bennet ular yordamida oyoqqa turdi, turmush tarzini o’zgartirdi va bugunga kelib hamshiralik qilmoqda. “Shu kasallikka chalinganlar bilan ishlayman. Bu virus sizni o’ldirmaydi deyman. Hayotim normal, o’lish niyatim yo’q”. Lekin dardga bardosh bera olmayotganlar ko’p, masalan 2009 yilda ikki yarim milliondan ortiq odam og’rigan bo’lsa, ikki millionga yaqini o’lgan. 30 yil oldin shifokorlar SPIDni vabo deb ta’riflagan bo’lsa, bugun sal boshqacha izoh berishadi. Doktor Antoni Fauchi virusni aniqlagan mutaxassislardan biri. Hozirda AQSh Yuqumli Kasalliklar Institutini boshqaradi. O’tgan davrda muhim ishlar qilindi, deydi u. “Bu yuqumli kasallik nima ekanini bilmas edik. Shu qadar tez tarqalayotgani bois hamma vahimada edi. Odamlar birin-ketin o’layotgan edi. Qanchalik urinmaylik, bu virusni tezlikda o’rganib chiqish mumkin emas edi. Sabab nima, bilmas edik”, - deydi Fauchi. Astalik bilan sabablari oydinlasha bordi. Immunitet sistemasi buzilishidan kelib chiqadigan kasallik ekani, jinsiy yo’llar va qon orqali tarqalishi aniqlandi. Doktor Robert Gallo Orttirilgan Immunitet Taqchilligi Sindromi degan tushunchani tanishtirgan olimlardan biri. “Bu kasallik haqida hamma narsani bilish mumkin emas. O’zi buning hech iloji yo’q. Bugun ham shifokorlar mana sizga deb SPID haqida batafsil ma’lumot bera olmaydi. Har kuni bir narsani aniqlayman, o’rganaman”, - deydi u. 1987 yilgacha virusga qarshi biror dori va vaksina mavjud emas edi. Ko’pchilik umidni boy bergan edi. Shuning uchun birinchi vosita, AZT ishlab chiqilganida ishonishmagan. “Bu dori kasallikni sekinlashtira oldi. Alomatlari pasaydi. Lekin u kimyoviy jihatdan, toksik jihatdan juda kuchli edi. Natijasiga qarab, yomon emas deganmiz”, - deydi doktor Gallo. Uch yil o’tib, virus bu dorini pisand qilmay qo’ydi. AZT zaiflik qila boshladi. 1990-yillarda effektiv vositalar ixtiro qilindi. Tinimsiz tadqiqotlar, amaliy tajribalar samara berdi. “Bu dorilar muvaffaqiyati beqiyos. Bugun bemor hayotini asrab qola olamiz. Ular mavjud dorilar bilan uzoqroq yashashi, normal hayot kechirishi mumkin. Imkoniyatlar bor bugun”, - deydi Antoni Fauchi, AQSh Yuqumli Kasalliklar Instituti rahbari. Dorilar-ku bor, lekin SPID va unga yetaklovchi virusga chalinganlar yakkalanib qoladi. “Boshqalar bizdan qo’rqishadi, kamsitishadi”, - deydi bemorlar. Kasallik ustida izlanishlar davom etmoqda. Hukumatlar xastalik bilan jiddiy kurashishga, insoniyat bu virus haqida bilishga majbur. 30 yoshgacha bo’lganlar orasida uning tarqalish sur’ati yuqori. Bolalar va immunitet taqchilligi virusi bilan ishlaydigan tashkilot vitse-prezidenti R.J. Simonds butun e’tibor rivojlanayotgan mamlakatlarda deydi. Go’dakning bardosh berishi qiyin. “Virusga chalingan ona zarur dorilarni ichishi, olishi shart. Aks holda bola ham kasallanadi va buning oqibati ko’p hollarda fojiali”, - deydi Simonds. BMT har yili SPID va unga yetaklovchi virus haqida hisobot berib, hukumat va xalqlarni ogohlikka chorlab keladi. Kasallikni yengdik deyishga hali erta, lekin harakat qilinsa, sharoit yaratilsa va inson bu borada bilsa, xavfni bartaraf qilish mumkin. Download 97.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling