16-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va (yoki), agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |