Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 04. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03. 04. 03. 00 Moddiy ne’matlar / 03. 04. 03. 02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish] [tsz
Download 216.85 Kb.
|
[OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy ne’matlar / 03.04.03.02 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish] [TSZ: 1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida Kadastr hisobiga olishni takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun asoslangan soliq solinishini ta’minlash, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi doirasida “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining 2016-2017-yillarda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda 2016-2017-yillar mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishni, shuning bilan bir vaqtda ularni Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish mexanizmini standartlashni hisobga olgan holda kadastr axborot tizimida hisobga qo‘yishni; o‘tkazilgan xatlov natijalari bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida axborot berishni ta’minlasin. 4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha bir hafta muddatda 2-ilovaga muvofiq komissiyalar tashkil etsinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazishning maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirishni ta’minlasin. 6. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbarlari, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga yuklansin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV Toshkent sh., 2016-yil 3-avgust, 251-son Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-avgustdagi 251-son qaroriga 1-ILOVA 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM I bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom 2016-2017-yillar davrida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan (keyingi o‘rinlarda xatlov deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Download 216.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling