Oksford universiteti


Download 0.56 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1609908
  1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva Sojida Ta\'limga kirish


Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitetIngliz tilida gaplashadigan dunyoda eng qadimiy universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet.

1096-yili Oksford shahrida tashkil etilgan. Universitetda turli davrlarda John WycliffeThomas MoreJohn LockeRobert Boyle dars bergan. Ilohiyothuquqtibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarixingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyotisharqshunoslikfizikamatematikabiologiyaqishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiyaantropologiyageografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan institut va laboratoriyalari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi 1602-yil tashkil etilgan.
Oksford universitetitda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.

Unversitet fakultetlardan, 39 ta kollejdan hamda 5 ta kollej nomini olmagan yopiq o’quv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida o’tkaziladi.
Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167-yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida o’qishlarini taqiqlab qo’ydi. Natijada, ko’p ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida o’qishga majbur bo’lganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Kata mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem bo’lib, u 1249-yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Bo’lajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord – kansleri – Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna bo’lib o’z faoliyatini olib borgan.
Oksford kartasi, 1605 – yil Universitetga qabul: Yangi o’quv yili boshlanishidan oldin, oktabr – noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A – level) abiturientlar bilan suhbat o’tkazadi. Ba’zi bir hollarda bo’lajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Ta’lim – bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari – 8 ming funt; o’qitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab to’lanadi – san’at – 6300 funt; ilm – fan 8400 funt; tibbiyot – 15400 funt. Magistratura va aspiranturada o’qishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning o’zida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yo’l qo’yilmaydi Sababi ular o'rtasidagi raqobatdir.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling