Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni


Asos, kislota va tuzlarning dissotsialanishi


Download 232 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi232 Kb.
#1532098
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elеktrоkimyoviy jarayonlar.

Asos, kislota va tuzlarning dissotsialanishi.
Asoslarning dissotsialanishi. Asoslar suvda eritilganda mеtall kationi va gidroksid anioniga dissotsilanadi.
МеОНМе+ + ОН
Kislotalarning dissotsilanishi. Kislotalar suvda eritilganda vodorod kationi va kislota qoldiqi anionlariga dissotsilanadi.
НАН+ + А
Tuzlarning dissotsilanishi. Tuzlar suvda eritilganda mеtall kationi va kislota qoldiqi anionlariga dissotsilanadi.
МеАМе+ + А
Elеktrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, kislota, asos va tuzlar eritmalari orasida boradigan reaksiyalarda ta'sirlashuv molеkulalar o‘rtasida emas, balki ulardan hosil bo‘ladigan ionlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Elеktrolit eritmalaridagi almashinish reaksiyalari kuchsiz elеktrolitlar, yomon eruvchi va gaz mahsulotlar hosil bo‘lgandagina oxirigacha boradi. Bunday reaksiyalar qatoriga chukma, gaz moddalar hosil qilish bilan boradigan va nеytrallanish reaksiyalari kiradi.
Elektroliz. Elektrolit eritmasidan yoki suyuqlantirilgan elektrolitdan elektr toki o‘tkazilganda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish prosessi elektroliz deb ataladi. Elektrolit eritmasidan elektr toki o‘tkazilganda eritmadagi musbat ionlar katodga tomon, manfiy ionlar anodga tomon borib, u erda zaryadsizlanadi. Hosil bo‘lgan neytral atomlar va atomlar gruppasi yo eritmadan ajralib chiqadi yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib elektrolizning ikkilamchi mahsulotlari deb ataladigan moddalarni hosil qladi.
Elektrolizda, katodda qaytarilish prosessi, anodda esa oksidlanish prosessi boradi. Eng aktiv metallarning to‘zlari elektroliz qilinganda, metall bilan vodorodning elektrod potensiallari orasidagi ayirma juda katta bo‘lganligidan, deyarli vodorod ajralib chiqadi, katodda esa gidroqsil ionlari to‘planib, eritma ishqoriy bo‘lib qoladi. Kamroq aktiv metallarning to‘zlari elektroliz qilinganda, katodda metall ajralib chiqadi.
Agar kislorodsiz kislota to‘zlari elektroliz qilinsa anodda (Ce-, Bi,-S2-) Ce2, Bi2, S lar ajraladi, kislorodli ( SO42-,NO3-…) to‘zlar elektroliz qilinsa, anodda gaz holidagi kislorod ajraladi. Anodda sodir bo‘ladigan prosesslar elektrolitga ham, anod yasalgan moddaga ham bog‘liq. Anodlar ikki hil eruvchan va erimaydigan bo‘ladi. Erimaydigan anodlar, grafit, ko‘mir, oltin, plastina yoki boshqa narsalardan tayorlanadi. Eriydigan anodlar elektroliz prosessida eritmaga o‘tadi.
Elektrolizning bir necha hollarini ko‘raylik. Eruvchan anod:
SuCl2
katod Cu2+ + 2Cl- anod (mis)
Cu2+ + 2e -= Cuo Cuo + 2e- = Cu2+
Bu usulda sanoatda o‘ta toza metallar olishda ishlatiladi. Erimaydigan anodlar:
N iSO4 katod Ni2+ + SO42- anod
2Ni+2 + 4e -= Nio 2H2O+ 4e- = O2+4H+
Anodda vodorod ionlari bilan SO42- sul'fat kislota hosil qiladi, ammo sanoatda bu usulda kislota olinmaydi.
Elektrolitning agregativ holatiga qarab bir necha hollarda boradi.
N aSO4 katod 2Na+ + SO42- anod
4H2O+ 4e- = 2H2+4OH- 2H2O+ 4e- = O2+4H+ Sanoatda ishqorlar shu usulda olinadi.
Elektroliz prosessidan sanoatda keng qo‘llaniladi. Bir metallni boshqa metall bilan qoplashda eruvchan anodlar bo‘rtiq tasvirlar hosil qilishda ham ishlatiladi.
Metall bo‘rtiq tasvirlar hosil qilish usuli gal'vanoplastinka deyiladi. Gal'vanoplastinka medal' va haykallardan nusha ko‘chrishda ishlatiladi.
Biror buyumning nushasini qo‘chirish uchun mum yoki gipsdan shu buyumning qolipi-matritsasi ya'ni jismning teskari negativ tasviri tayyorlanadi.
Eruvchan anoddan foydalanib buyumlarning sirtiga boshqa metall qavati bilan qoplash usulini gal'vanostegiya deb ataladi.

Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling