Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni


Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar


Download 1.18 Mb.
bet6/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1175106
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elеktrokimyoviy jarayonlar

Elektroliz to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar
Elektrkimyo kimyoviy va elektr energiyalar orasidagi bog‘lanishlarni va bir—biriga o‘zaro o‘tishlarini o‘rganadi, Masalan, kimyoviy reaksiya (galvanik elementlarda) elektr energiya manbai bo‘lishi mumkin; elektr energiya (doimiy tok) o‘z navbatida elektrodlar yordamida kimyoviy sistemaga kiritilsa kimyoviy reaksiya—elektroliz, ya’ni elektrolitni parchalab elektrodlarda ionlarning razryadlanishi mahsulotlarini hosil bo‘lishiga olib keladi. Sanoatda elektr energiyasi ta’sirida sodir bo‘ladigan oksidlanish—qaytarilish jarayonlariga elektroliz deyiladi. Elektroliz elektrolitik vanna yoki elektrolizyorlarda amalga oshiriladi.
Elektr o‘tkazuvchi materiallarning ikki turi mavjud. Birinchi turdagi o‘tkazgichlar metall yoki elektron o‘tkazgichlar deyiladi. Ularga metallar, ularning qotishmalari, ko‘mir, grafit va h.k. kiradi.
Ikkinchi turdagi o‘tkazgichlar—elektrolitlar bo‘lib, ularga tuzlar, kislotalar, asoslarning eritmalari yoki suyuqlanmalari kiradi. Ular ion o‘tkazgichlar deyiladi. Miqdoriy tarafdan elektroliz jarayoni Faradey qonunlariga bo‘ysunadi.
Faradeyning birinchi qonuniga ko‘ra, elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning og‘irlik miqdori elektrolitdan o‘tgan elektr miqdoriga proporsionaldir
m═K∙Q
m- elektrodda ajralgan moddaning og‘irlik miqdori, g.
Q- elektr miqdori
K- elektrokimyoviy ekvivalent





Faradeyning ikkinchi qonuniga ko‘ra, turli elektrolitlardan bir xil miqdorda elektr o‘tkazilganda elektrodlarda ajralib chiqayottan moddalarning og‘irlik miqdori shu moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional. Elektrokimyoviy ekvivalent «K» esa shu moddaning kimyoviy ekvivalentiga proporsional:
К═С∙Эғ
Har qanday moddaning elektrodlarda 1 g—ekv miqdorini ajratib olish uchun bir xil elektr miqdori, ya’ni 96500 kulon (Faradey soni yoki 1 Faradey) kerak. Birgalikda bu ikki qonun quyidagicha ta’riflanadi: elektrolitdan o‘tgan elektr miqdori (Q) ajralib chiqqan moddaning gramm—ekvivalentlar soniga (N) to‘g‘ri proporsionaldir.
Q═F∙N
F- Faradey soni (96500 kulon yoki 26,8 ag‘s)
Elektroliz natijasida A gramm modda ajralib chiqqan bo‘lsa,
bunga Q═F miqdorda elektr sarf bo‘lgan.
YE-moddaning kimyoviy ekvivalenti. Elektrolitdan 1 ag‘s elektr miqdori o‘tkazilganda ajralib chiqqan modda miqdoriga uning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling