Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari


Download 100.34 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi100.34 Kb.
#203498
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari


Aim.uz

Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari

Reja:

1.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati.



2.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining turlari.

3.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.



Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) reaksiya natijasida o'zgarmaydi.


Boshqa turdagi reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasi o'zgaradi.





;

Elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga o'tishi natijasida elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) o'zgaradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.

Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo'ladi. Shuning uchun ularning oksidlanish darajasi shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan.

Neytral atomlar elektron yo'qotishi natijasida musbat zaryadlangan ionga aylanadi va nechta elektron bergan bo'lsa o'shancha musbat oksidlanish darajasi namoyon qiladi. Atomlarning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi.

Masalan: Al – oksidlanadi.

Cu – oksidlanadi.

Atomlar elektron biriktirib olsa manfiy zaryadlangan ionga aylanadi. Bunda atom nechta elektron qabul qilgan bo'lsa uning oksidlanish darajasi shuncha manfiy bo'ladi. Atomning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:

Cl2  2e-  2Cl- (Cl – qaytariladi)

S  2e-  S-2 (S – qaytariladi)

O'zidan elektron bergan atom qaytaruvchi, o'ziga elektron biriktirib olgan atom esa oksidlovchi hisoblanadi.

Faqat neytral atomlar emas, balki ionlar ham elektron biriktishi yoki berishi mumkin.

Fe3  e-  Fe2 (qaytarilish)

S-2 - 2e-  S0 (oksidlanish)

Qaytaruvchi elektron berganligi sababli, uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati ortadi. Oksidlovchi elektron biriktirib olish tufayli uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati kamayadi. Masalan:

Pb0  2AgNO3  Pb(NO3)2  2Ag0


Pb0 – 2e-  Pb2 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi)

2Ag-  2e-  2Ag0 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi)

Demak, oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi yagona jarayondir. Oksidlanish vaqtida qaytarilish sodir bo'ladi, aksincha qaytarilish vaqtida oksidlanish jarayoni ham boradi.


Download 100.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling