Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari
Download 36.96 Kb.
|
Oksidlanish (1)
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari turlari
1) Molekulalararo (yoki ionlararo) reaksiyalar. Misol:
Bir molekulaning (yoki bir ionning) o‘zida sodir bo‘ladigan ichki oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Masalan: 2KClO3 = 2KCl = 3O2 Oksidlovchi va qaytaruvchi vazifasini aynibir xil zarrachalarning o‘zi bajaradigan disproporciyalanish reaksiyalari. Misol:
3H2MnO4 = 2HMnO4 + Mn02 + H2O Ayni elementning turli oksidlanish darajasidagi atomlari bir xil oksidlanish darajasiga o‘tishi sinproporciya reaksiyalari. Misol: a) NH4N02 = N2 + 2H20 b) NH4N03 = N20 + 2H20 Xulosa . Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari — elektronlarning atomlardan atomlarga butunlay yoki qisman oʻtishi bilan bogʻliq kimyoviy reaksiyalar. Elektronlar chiqarilishi oksidlanish, elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari atamalari dastlab metall oksidlarining hosil boʻlish va parchalanish reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu+’/2O2=CuO metallarning oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil boʻlishi (qaytarilishi)ga misol boʻladi. Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar,elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi. Oksidlovchi reaksiya vaqtida oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib,oʻzi qaytariladi, qaytaruvchi esa elektronlar yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla olmaydi, chunki kimyoviy reaksiyada atomlar oksidlanish darajasi (p)ning yigʻindisi doimiydir. N2+S12=2NS1 reaksiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, vodorod (N) oksidlanadi; p(S1) 0 dan — 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi Oksidlanish-qaytarilish jarayoni keng tarqalgan kimyoviy reaksiyalar jumlasiga kiradi, uning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Barcha turdagi yoqilgʻilarning yonishi, turli metallarning rudalardan ajratib olinishi. Oksidlanish-qaytarilish jarayoniga asoslangan. Metallarning korroziyaga uchrashi, koʻpgina muhim kimyoviy mahsulotlarning hosil boʻlishi ularning oksidlanishi tufaylidir. Elektr-kimyo sanoati O.-q.r.ga asoslangan. Mis, nikel, oltin, rux va boshqa eritmalardan elektrolitik qaytarilish yoʻli bilan olinadi yoki tozalanadi. Kimyoviy tok manbalari — akkumulyatorlar va galvanik elementlar O.-q.r. tufayli ishlaydi Download 36.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling