Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati reja. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. Oksidalinish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari. Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari


Download 75.37 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi75.37 Kb.
#1496085
  1   2   3
Bog'liq
ERGASHEVA SITORA (2)

NDKTU KIMYO METALLURGIYA FAKULTETI KIMYO TEXNOLOGIYA YO`NALISHI SIRTQI BO`LIM 33SG-22KT GURUH TALABASI ERGASHEVA SITORA NING UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ahamiyati REJA. 1.Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari. 2.Oksidalinish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish usullari. 3.Oksidlanish va qaytarilish jarayonlari. 4.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining turlari.

Qaytaruvchidan oksidlovchiga elektronlar o‘tganda odatda reakciyada ishtirok etayotgan elementlarning valentligi o‘zgaradi. Lekin oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida element valentligi o‘zgarmay qolishi mumkin. Masalan: H02+Cl02=2HCl CH4+2O2=CO2+2H2O Birinchi reaksiyada vodorod va xlorning valentligi reaksiyadan oldin ham keyin ham birga teng. Metanning yonish reaksiyasida uglerod, kislorod va vodorodlarning valentliklari o‘zgarishsiz kolyapti. Lekin bu reaksiyalarda atomlarning holatlari o‘zgaradi. Demak, molekulada atom holatini valentlik tushunchasi to‘liq tushuntira olmaydi. Shuning uchun ham, oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida oksidlanish darajasi tushunchasidan foydalanish maksadga muvofiq bo‘ladi. Valentlik kovalent bog‘lanishda (musbat yoki manfiy) ishoraga ega emas. U faqat bosim sonini ko‘rsatadi. Kimyoviy bog‘lanishda esa elektronlar elektromanfiyroq element atomiga siljigan bo‘ladi, natijada atomlar ma’lum zaryadga ega bo‘ladi.

Quyidagi misollar valentlik bilan oksidlanish darajasini farqini yakkol ko‘rsatadi. Azot molekulasida ikkita azot(N≡N) atomi o‘zaro uch juft elektron orqali birikkan. Uning oksidlanish darajasi nolga teng. Chunki kimyoviy bog‘ hosil kilgan umumiy elektron jufti xar ikki azot atomidan bir xil masofada joylashgan. Gidrazin - N2H4 molekulasida, xar bir azot atomining valentligi uchga teng, oksidlanish darajasi esa minus ikkiga teng chunki xar bir azot vodorod bog‘da umumiy elektron jufti azot atomi tomon siljiydi. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy, nol va kasrli bo‘lishi mumkin. Umumiy elektron juftini uziga tortgan elektr manfiyrok element manfiy (-) va ikkinchi element musbat (+) oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Bu qiymatlar odatda element simvolining tepasiga yoki yuqoriga (ung burchagiga ) raqam oldidan plyus yoki minus ishorasi ko‘rsatib yozib kuyiladi. Masalan, Cr6+O2-3, N02 bo‘larda kislorodning oksidlanish darajasi –2, xromning oksidlanish darajasi +6 va vodorodniki 0 ga teng. Kimyoviy birikmada yoki eritmada xaqiqiy bo‘lgan ionlarni ko‘rsatish uchun plyus va minus ishorasi rakamdan keyin yoziladi. Masalan :Fe3+, Mn 2+, S024, Mn0-4, Cl-, Na+ va boshqalar.


Download 75.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling