Оktabr-ona tili va adabiyot fani oyligini o‘tkazish to‘g‘risida


Download 381.32 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.12.2022
Hajmi381.32 Kb.
#1028358
Bog'liq
Оktabr-ona tili va adabiyot fani oyligini o‘tkazish



Оktabr-ona tili va adabiyot fani oyligini o‘tkazish to‘g‘risida
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor
o‘qituvchilarni aniqlash, ularnning tajribasini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida
qo‘llanilayotgan metodlarni takomillashtirish, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya
jarayoni sifatini, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning
qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy
metodlarni aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonidagi natijalarni targ‘ibot qilish,
pedagoglarning ijodiy faolligini oshiish, ularning ish tajribalarini o‘rganish, sinfdan
va maktabdan tashqari ishlarning o‘quv jarayoniga uzviyligini ta’minlash, o‘qituvchi
va o‘quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil qilish, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-аvgustdagi 183-sonli buyrug‘i
ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-аvgustdagi
“Umumiy o‘rta ta’lim maktabining metodbirlashmalari to‘g‘risidagi Nizom va fan
oyliklarini o‘tkazish haqida”gi 183-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul
qilinsin.
2. 2022-yil oktabr “Ona tili va adabiyot fani oyligi” deb e’lon qilinsin.
3. Bo‘limning ona tili va adabiyot fani metodisti O.Ergаshevga:
-ona tili va adabiyot fani oyligini oʻtkazish boʻyicha tuman xalq ta’limi
boʻlimining buyrugʻini ishlab chiqish va chora-tadbirlar rejasini tuzish (ilovaga
muvofiq) hamda barcha umumta’lim muassasalariga yetkazish;
-fan oyligini yuqori saviyada tashkil qilish va uni oʻtkazish;
- ochiq darslar, adabiy-badiiy kechalar tashkil qilish, fan yo‘nalishida tanlovlar
oʻtkazish va jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish vazifasi topshirilsin.
YAKKABOG‘ TUMAN
XALQ TA’LIMI
BO‘LIMI
Yakkabog‘ shahri, A.Temur ko‘chasi
71-uy.Tel.: (75) 58-24-973, faks: (75)
58-25-742 . Web-site:
yakkabogxt.zn.uz e-mail:
yakkabog_txtb@xtv.uz
DEPARTMENT OF PUBLIC
EDUCATION OF
YAKKABAG
DISTRICT
Yakkabag, 71 A.Temur Street.
Tel .: (75) 58-24-973, fax: (75) 58-25-
742. web-site: yakkabogxt.zn.uz
Email: Yakkabog_txtb@xtv.uz
B U Y R U Q
2022 y. «29» 9
497-4-68-
XT/2022-son
Yakkabog‘ tumani
Кўриб чиқган юрист: Zoxidov Sharofiddin Ismailovich. Ҳужжат рақами: IK6585561041


4. Tumandagi barcha umumta’lim maktablari direktorlariga:
- ona tili va adabiyot fan oyligini oʻtkazish boʻyicha maktab buyrugʻini ishlab
chiqish va oylikni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;
- fan oyligi doirasida ochiq darslar jadvalini tuzish, adabiy-badiiy kechalar
oʻtkazish;
- fan oyligini oʻtkazish boʻyicha mas’ullarni belgilash, pedagoglarning ijodiy
faolligini oshirish;
- fan oyligida amalga oshirilgan ishlarni pedagogik va metodik kengashlarda
muhokama qilish vazifalari yuklatilsin.
- fan oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini keng targ‘ib qilish
maqsadida tadbirlarini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda va maktab
rasmiy veb-saytiga keng yoritib borish vazifalari topshirilsin.
5.Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish mudir o‘rinbosari X.Pirnazarov
zimmasiga yuklatilsin.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri;
U.Nurmatov
Ijrochi:
O.Ergashev
Кўриб чиқган юрист: Zoxidov Sharofiddin Ismailovich. Ҳужжат рақами: IK6585561041
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: EH6145460613

Download 381.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling