Olam quyosh sestimasi, sayyoralar, asteroidlar, kometalar metior jismlar
Download 1.34 Mb.
|
geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayyoralar
olam. quyosh sestimasi, sayyoralar, asteroidlar, kometalar metior jismlarOlam (lotincha: universus) atamasi ostida fizik mavjud boʻlmish jamiki narsalar: fazo, vaqt, materiya, energiya, inersiya, fizik qonunlar va konstantalar majmui tushuniladi. Kundalik hayotda „olam“ soʻzi Yer sayyorasini anglatishi mumkin. Astronomik kuzatuvlarga koʻra, olam 13.73 ± 0.12 milliard yoshda[1] va kamida 93 milliard yorugʻlik yili uzunligida kesimga egadir. Joriy nazariyalarga koʻra, olamni Katta Portlash, deb nomlangan hodisa boshlagan. Shu hodisagacha kuzatiluvchi olamdagi barcha materiya va energiya cheksiz zichlikka ega bitta nuqtada toʻplangandi. Katta Portlashdan soʻng olam oʻzining hozirgi holatigacha kengayishni boshlagan. Xususiy nisbiylik nazariyasi materiyaning yorugʻlik tezligidan katta tezlikka erishishi mumkin emasligini taʼkidlagani tufayli olam kengligi 13 milliard yilda 93 milliard yorugʻlik yiliga yetgani paradoks oʻlaroq tuyulishi mumkin; bunday masofa fazoning kengayish tezligi chegaralanmaganligi (umumiy nisbiylik nazariyasi) bilan izohlanishi mumkin. Quyosh sistemasi — Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kometalar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866 % massasi (Mo=1,99T033g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. 1611-yilda G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. SAYYORALAR — Quyoshning tortish kuchi taʼsirida uning atrofida aylanuvchi yirik sharsimon jismlar. Sayyoralar Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyora (asteroid) lardan farq qiladi. Ularni juda qadimdan qoʻzgʻalmas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib «adashgan yulduzlar», yaʼni Sayyoralar deb atashgan. Sayyoralar
Kkometalar (yunon. kometes — uzun sochli; belgisi: ) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Asteroidlar (yunoncha aster — yulduz va eidos — koʻrinish) — kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar. 2006 yildan so‘ng u keng ommalashdi va «mitti sayyora» tushunchasining o‘rnini egalladi meteroitga aylanib yerga quladimi, yer atmosferasini tark etib ortiga qaytib uchib ketdimi yoki yer atmosferasida butunlay yonib ketdimi – har qanday holatda ham u qoldirgan iz meteor deb nomlanadi Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling