O’lchamlarini hisoblash


Pog`onalar sonini aniqlashning analitik usuli


Download 154.79 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi154.79 Kb.
#1015061
1   2   3
Bog'liq
8 mavzu

Pog`onalar sonini aniqlashning analitik usuli. n - pog`onali, qarama-qarshi yo’nalishli, kolonnali qurilmada massa almashinish jarayonini ko’rib chiqamiz (5.11-rasm).
Kolonna tarelkasiga un-1 konstentrastiyali G gaz faza va xn+1 konstentrastiyali L suyuq faza uzatilmoqda. Massa almashinish natijasida gaz fazaning konstentrastiyasi un miqdorgacha pasaysa, suyuq fazaniki xn miqdorgacha ko’payadi. Tarelkadan chiqib ketayotgan gaz un va undan oqib tushayotgan suyuqlik xn tarkiblarining muvozanat holati konstentrastiyalari muvozanat chizig`ida V nuqta bilan ifodalanadi (5.11-rasm).
Nazariy pog`onada gaz fazasi konstentrastiyasining o’zgarishiga A1V vertikal chiziq to’g`ri keladi. Suyuq fazada konstentrastiyaning xn dan xn+1 gacha o’zgarishi VA 2 gorizontal chiziq bilan ifodalanadi.

Shunday qilib, A1VA2 “pog`ona” nazariy tarelkada ikkala fazalar konstentrastiyalarining o’zgarishini tasvirlaydi. Kolonnali qurilmalarda nazariy tarelkalar sonini aniqlash uchun boshlang`ich va oxirgi konstentrastiyalar oraligida ketma-ket shunday “pog`onalar” quriladi.

Haqiqiy tarelkalar sonini topish uchun qurilmaning f.i.k. dan foydalaniladi. Ushbu koeffistient haqiqiy tarelkadagi massa almashinish jarayonining real kinetikasini hisobga oladi va tarelkalar tuzilishiga qarab =0,5...0,8 oralikda bo’ladi.


F.i.k. hisobga olingan hollarda, tarelkalarning haqiqiy soni ushbu nisbatdan topiladi:
(5.66)

bu erda n - tarelkalarning haqiqiy soni; - f.i.k.


Tarelkalar f.i.k. uning tuzilishiga, gaz va suyuqliklarning fizik – kimyoviy xossalariga, hamda oqimlar gidrodinamikasiga bog`liqdir.


Shuni nazarda tutish kerakki, nazariy tarelkalar soni yordamida qurilma balandligini aniqlash tahminiy usul bo’lib hisoblanadi. Bundan, faqat massa o’tkazish koeffistienti yoki f.i.k. ning ishonchli qiymatlari bo’lmagan holatlarda foydalanish mumkin.
Ko’pincha, massa almashinish jarayonlarida muvozanat holatiga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun, haqiqiy to’qnashish pog`onalarini aniqlash bu jarayonlarda asosiy masaladir.
Pog`onaning samaradorligi fazaning pog`onadagi konstentrastiyalar o’zgarishini shu fazaning pog`onaga kirishdagi harakatga keltiruvchi kuchi nisbati bilan belgilanadi.

Download 154.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling