O‘lchash asboblarini konstruksiyalash
Download 24.29 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” faniga kirish.
Bilish nazariyasida o‘lchashlarning o‘rni. “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” faniga kirish. O‘lchash asboblarining metrologik ko‘rsatkichlari, o‘lchash usullari, tanlash shartlari. O‘lchash asboblarini konstruksiyalash jarayoni. Konstruksiyalarda dopusk (quyim)lar va o‘zaroalmashinish bilan bog‘liqligi. Multiplikativ xatoliklar “O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” faniga kirish. Ishlab chiqarish texnikasi va uning rivojlanish istiqbollari, doimiy mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan talablar, fan texnika oxirgi yutuqlarining ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi bakalavrlarini tayyorlashda standartlashtirish, o‘zaroalmashinuvchanlik va texnik o‘lchashlar bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni, shuningdek, o‘lchash ishlarini sifatli va kafolatli qilib o‘tkazish uchun asboblarni konstruksiyalash amaliyotda dolzarb masala sifatida qo‘yishni talab qilmoqda. “O‘LCHASH ASBOBLARI KONSTRUKSIYASI” fani o‘zaro almashuvchanlikning zarur shartlaridan o‘lchash asboblaridagi detallarda bo‘lgan geometrik ko‘rsatkichlarning aniqligini o‘lchash va ta’minlash usullarini qamrab oladi. Fanning maqsadi - bo‘lajak bakalavrlarda umumtexnikaviy standartlarga asosan o‘lchash asboblarini qo‘llay olish, konstruksiyalash jarayonida o‘lchash asboblarining elementlarini tayyorlash jarayonida standart talablariga rioya qilishni, mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlashda, ishlatishda va ta’mirlashda aniq hisob-kitoblarni bajarish va o‘lchash asboblari konstruksiyalari aniqligini ta’minlash ko‘nikmasini xosil qilishdir. Ma’ruzalar matni taxsil olayotgan talabalariga bu fanni o‘rganishi natijasida o‘zaroalmashuvchanlikning va texnikaviy o‘lchashlarning asosiy muammolarini, konstruktorlik xujjatlarida aniqlik darajalarini belgilash qoidalarini va konstruksiyalashni bilib olish imkoniyatini beradi. SHuningdek ma’ruzalar matnida o‘lchash asboblari konstruksiyalaridagi detallarining umumiy birikmalarini xisoblash usullarini va standart o‘tqazishlarni tanlashni, YAQO‘T (yagona qo‘yim va o‘tqazishlar tizimi) jadvallaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini talabalarda xosil qilish bo‘yicha ham etarlicha ma’lumot mavjud. Bu fanni o‘rgangan talabalar o‘lchash vositalarini tanlash va ularni ishlata bilishni hamda standartlashtirish sohasidagi asosiy qoidalarni, tushuncha va ishlamalarni bilishlari zarur. Download 24.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling