O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari, metrologik tavsiflari va turlari


Download 7.94 Kb.
bet3/3
Sana15.12.2022
Hajmi7.94 Kb.
#1007612
1   2   3
Bog'liq
O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari, metrologik tavsiflari -hozir.org

Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
= n / n­ um ,
bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.
Quyidagi jadvalda hozirda ishlatilib kelinayotgan va chiqarilayotgan o‘lchash asboblarining guruhlari keltirilgan. Odatda, o‘lchash asboblarining nomida ushbu guruh va modifikatsiya tartib raqamlari berilgan bo‘ladi.

Quyidagi sxemada o‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi ko‘rsatilgan (2 – rasm).


2 – rasm. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi
Elektromexanik turdagi analogli o‘lchash asboblari. Analogli o‘lchash asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funktsional) ravishda o‘lchanayotgan kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat deb qarash mumkin ( 3 – rasm).
3 – rasm. Anolog o‘lchash asboblarining strukturaviy sxemasi.
Asbob dinamik rejimda ishlaganida, boshqacha aytganda asbob ko‘rsatkichi (surilishida) joyidan qo‘zg‘alayotganida, yuqorida aytilgan aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlardan tashqari boshqa momentlar ham hosil bo‘ladi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning inertsiya momentidan, tashqi muhit qarshiligidan va metall elementlari bo‘lgan holda hosil bo‘ladigan uyurma tok va hokazolardan vujudga keladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanganida vujudga keladigan va uning harakatini tinchlantirishga intiluvchi moment – tinchlantiruvchi moment deyiladi:
MT = R(d/dt)
Bu moment tinchlantirish koeffitsienti R ga va qo‘zg‘aluvchan qismning burchakli tezligiga d/dt proporsionaldir. Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion parametrlaridan biri – tinchlanish vaqtini belgilaydi.
Magnitoelektrik o‘lchash asboblari
4 – rasm. Magnitoelektrik o‘lchash asbobining tuzilish sxemasi va xossalari.
Elektromagnit o‘lchash asboblari
5 – rasm. Elektromagnit o‘lchash asbobining tuzilish sxemasi va xossalari.
E’tiboringiz uchun rahmat!
http://hozir.org
Download 7.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling