O'lchash natijalarini aniqligini baholash Reja


Download 36.07 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi36.07 Kb.
#1520813
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'lchash natijalarini aniqligini baholash


O'lchash natijalarini aniqligini baholash
Reja:


1. Oʻlchash vositalarini xatoliklari.
2. Elementlarni ishonchliligi. Ishonchlilik me’zonlari, mikroiniatyurizatsiyalash.

Tayanch so’z va iboralar: xatolik, absolyut xatolik, nisbiy xatolik, o’lchash xatoligi, mikrominimizatsiyalash, ishonchlilik, mustahkamlik
O’lchash natijasida, odatda, o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi. Qo’pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma’lum bo’ladi va shu kattalikning qiymati o’rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yakin bo’ladiki ko’zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin. Kattalikning o’lchash usuli bilan topilgan qiymati o’lchash natijasi deyiladi.
O’lchash natijasi bilan o’lchanayotgan kattalikning haqikiy qiymati orasidagi farq o’lchash xatoligi deyiladi. O’lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o’lchash xatoligi o’lchashning mutlaq xatoligi deyiladi:
ΔX=X-Xh
bu erda, ΔX — mutlaq xatolik; X—o’lchash natijasi; Xh — o’lchanayotgap kattalikning xakiqiy kiymati.
O’lchanayotgan kattalikning o’lchov birligida ifodalangan o’lchash xatoligi absolyut o’lchash xatoligi dеb ataladi:
Dx = x - x Д
Absolyut o’lchash xatoligini kattalikning xaqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik dеyiladi va odatda foizlarda ifodalanadi:

O’lchash xatoliklarini hisoblashdan asosiy maqsad – o’lchash natijasi aniqligini baholash yoki o’lchash natijalariga to’g’rilashlar kiritishdan iborat.
O’lchash aniqligi dеb o’lchash natijalarini kattalikning xaqiqiy qiymatiga yaqinligini aks ettiruvchi o’lchash sifatiga aytiladi.
O’lchash mutlaq xatoligining o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o’lchashning nisbiy xatoligi deyiladi. O’lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko’ra muntazam, tasodifiy va qo’pol xatoliklarga bo’linadi.

Download 36.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling