O'lchashlar birligini taminlash va etalonlar Metrologiyaning asoschisi D. Lmendeleyev o'lchovlarning roli to‘g‘risida shunday degan edi: «Fan o‘lchov boshlangan paytdan boshlab boshlanadi»


Download 340.34 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi340.34 Kb.
#1002080
Bog'liq
O\'lchashlar birligini taminlash va etalonlar


O'lchashlar birligini taminlash va etalonlar
Metrologiyaning asoschisi D.LMendeleyev o'lchovlarning roli to‘g‘risida shunday degan edi: «Fan o‘lchov boshlangan paytdan boshlab boshlanadi». Angliyadagi metrologiya asoschisi Tomson shunday deb yozgan edi: «Наг qanday buyum faqat uni o‘lchab bo‘ladigan darajadagina ma’lum bo‘ladi». Mashhur rus olimi metrologiya to‘g‘risida yana shunday bir fikmi bildirgan: « O ‘lchash san’ati tabiat qonunlarining qa’riga kirib borish va uni insonning hukmronligiga bo‘ysundirish uchun odamzotning tafakkuri tomonidan yaratilgan qudratli qurol hisoblanadi».
Metrologiya nuqtai nazaridan olganda oichov nima degani? O ‘lchov ( O ‘ZDST-16263-7O) - bu jismoniy miqdor mohiyatining maxsus texnika vositalari yordamida tajriba yo‘li bilan topilishidir.
O‘lchashlar birligini ta’miniash Davlat tizimi har qanday davlat uchun muhim vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatning barcha tadbirkor subyektlari ulaming qanday tashkilotga tegishliligi va mulkdorlik shaklidan qat'iy nazar, o‘lchashlar birligiga rioya qilish lozimdir.
Mamlakatimizda o‘lchashlai birligi o‘lchashlar birhgini ta’minlash tizimining faoliyati natijasida ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi mamlakatimiz xalq xo‘jaligi kompleksining samarali iqtisodiy rivojlanishi talablaridan kelib chiqqan holda, o‘lchashlar birhgiga erishish va uni asrash ilmiy-asoslangan, texnik maqbul va iqtisodiy maqsadga muvofiq me’yorlar, qoidalar va protseduralar tizimidir.
O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining asosiy nizomlari O ‘zDSt 8.O29:2O14 « O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Asosiy nizomlar» da bayon etilgan. O‘zbekiston o’chashlar birligini ta’minlash tizimining asosiy maqsadlari me’yoriy-huquqiy hujjatlarda quyidagichabelgilanadi:
-o‘matilgan qonun-tartiblarini, yuridik va jismoniy shaxslaming huquq va manfaatlarini o‘lchashlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish;
-o‘lchash vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, sotish va ijara masalalari bo‘yicha boshqarish davlat idoralari bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
-barcha sohalarida o‘lchashlaming birliligi va talab etilgan aniqligiga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlami yaratish;
-O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash Davlat tizimi qoidalari, me’yorlari va protseduralarini xalqaro tashkilotlar va boshqa davlat o'zshash tizimlarining tavsiyanomalari bilan uyg‘unlashtirib, xalqaro hamkorlikda texnik to‘siqlami bartaraf etish;
-metrologik faoliyat doirasidagi ishlami xalqaro va hududiy darajalarda o'zaro hamkorlik qilish va tan olishni ta’minlash;
-tadbirkorlik subyektlari darajasida o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi talablarini boshqa tizimlaming talablari bilan uyg‘unlashtirish. O’lchashlar birligini ta’minlash Davlat tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-milliy qoidalarini xalqaro qoidalari bilan uyg‘unlashtirish asosida davlatlararo munosabatlarning rivojlanishiga ko'maklashish;
- O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimininrivojlanishini bashorat qihsh;
-o‘lchashlaming birligini, talab etilgan aniqligini, ishonchliligini ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotaing ilmiy va texnik imkoniyatlarini rivojlantirishda qatnashish, shuningdek, o‘lchashlar uslublarini, o‘lchash vositalarini mukammallashtirish va ulaming aniqligi, ish unumi va puxtaligini oshirishga yordam berish.
O‘zbekiston Respublikasida 28-dekabr 1993-yilda «Metrologiya to‘g‘risida»dagi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonda o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining qonuniy asosi yaratildi (O‘zR26.O5.2OOOy 82-П son qonuni, O‘zR 25.O4.2OO3 у 482-II-son qonuni).
Bu qonunda metrologiya sohasida ishlatiladigan atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklaming birliklari, ulami qayta tiklash va qo‘llanilishi, O ‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlami moliyalashtirish belgilangan.
O ‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi - bu davlat tomonidan tartibga solinadigan o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazish talablari, qoidalari, nizomlari, me’yorlari va tartibini belgilovchi, o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiluvchi xalqaro, davlatlararo va milliy me’yoriy va uslubiy hujjatlar m£ymuidir. Bunday hujjatlar majmui metrologiya bo‘yicha milliy idora tomonidan tasdiqlanadi va mamlakat hududida foydalanishga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik va boshqaruv idoralari, tadbirkorlik subyektlari o‘z vakolatlari doirasida davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‘llanilmaydigan sohada «Oczstandart» agentligining o'lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarini ravshanlashtiruvchi va ularga zid kelmaydigan metrologiya doirasida me’yorlar va qoidalami o'matuvchi me’yoriy hujjatlarni yaratishi va tasdiqlashi mumkin.

Eng qadimgi o‘lchash birliklari – antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqanligi haqida yuqorida ma’lumotlar berib o‘tilgan edi. Ko‘pchilik xalqlarda, shu jumladan bizning xalqimizda ham uzunlik o‘lchovi sifatida inson tanasining biron qismiga moslikka asoslangan o‘lchash birliklari qo‘llanilgan. Masalan, barmoq, gaz, tutam, qarich, quloch, fut, dyum kabilar. Quyida ayrim birliklarning ta’rifini keltirib o‘tamiz: Barmoq – o‘rta barmoqning eniga mos uzunlikdir (ba’zida angusht deb ham yuritiladi). Gaz deb ataluvchi uzunlik birligi uch usulda aniqlangan: 1) uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan qo‘l yelkasigacha bo‘lgan masofa; 2) yon tomomnga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ko‘krak o‘rtasigacha yoxud burun uchigacha bo‘lgan masofa; 3) yon tomonga uzatilgan qo‘l barmoqlarining uchidan ikkinchi yelkagacha bo‘lgan masofa. Dyum – golland tilida katta barmoq degan ma’noni anglatadi, bu birlik asosan Rossiya, G‘arb mamlakatlarida ishlatilgan. Milya – lotin tilida ming qadam degan ma’noni bildiradi, bu birlik Rossiya, Angliya, AQSh mamlakatlarida, xalqaro dengizchilik ishlarida qo‘llanilgan. Farsax – yo‘l uzunligini o‘lchashda Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan birlik (ba’zida farsang, sang, tosh deb ham yuritilgan) Tanob – ekin maydonlarini o‘lchashda O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan, tomonlarining uzunligi 6O gazdan bo‘lgan kvadratning yo’ziga teng. 11 Barrel – asosan xalqaro savdo ishlarida neft mahsulotlarining hajmini o‘lchashda qo‘llanilgan. Barrel so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, bochka degan ma’noni bildiradi. Suv sarfini o‘lchashda qo‘llaniladigan o‘lchov va o‘lchash birliklari o‘ziga xos nomlanishga ega. Masalan, «quloq» (11,5 l/s), «tegirmon» (1 T = 5 quloq = 57 – 58 l/s) singari o‘lchash birliklari bunga misol bo‘la oladi.
Download 340.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling