O'lchov qurilmalarining turlari Reja O‘lchash turlari
Download 223.95 Kb.
|
O\'lchov qurilmalarining turlari 1
O'lchov qurilmalarining turlari Reja 1. O‘lchash turlari 2. Аnаlоgli аsbоblаrning аsоsiy qismlаri vа ulаrning funksiyasi 3. Elеktrоmеxаnik o‘lchаsh аsbоblаrining turlаri Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mamlakatimizdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo'nalish hisoblanadi. Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo'llash mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlaydi. Zamonaviy texnika hamda o'lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan texnologik tizimlarni ishlatish yuqori saviyali muhandislar zimmasiga yuklanadi. Ta'lim sistemasini tubdan o'zgartirishni ko'zda tutgan «Milliy dastur»ga ko'ra mualliflar oldiga o'quvchi-talabalar uchun fanlarning turli sohalari bo'yicha zamon talabiga javob beradigan darslik va o'quv qo'llanmalari yaratish vazifalari qo'yilgan. Mazkur «Avtomatika asoslari» fanidan tayyorlangan ma’ruzalar matni oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan ishlab chiqarishda faoliyat ko'rsatayotgan muhandislar, nazorat o'lchov asboblari hamda avtomatlashtirish vositalariga xizmat ko'rsatadigan kichik mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin. Har qanday texnologik jarayonda ma'lum bir yoki bir necha texnologik parametr ishtirok etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o'zgarishida asosiy o'rin egallaydi. Bu parametrlarni esa nazorat o'lchov asboblari yordamida nazorat qilinadi, rostlagichlar yordamida rostlanadi va ijrochi mexanizmlar yordamida boshqariladi. «Avtomatika asoslari» fani bu asboblarning ishlashi, tuzilishi hamda turlarini o'rganib, ularni ishlab chiqarishda qo'llanish yo'llarini o'rgatadi. Download 223.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling