Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


  4.4. Armaturani taranglashtirishning elektrotermo-mexanik usuli


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

53 
4.4. Armaturani taranglashtirishning elektrotermo-mexanik usuli 
Armaturani taranglashtirishning elektrotermomexanik usulining mohiyati 
shundaki elektr toki yordamida qizdirilgan armatura simi yoki arqoni statsionar 
yoki o‗zi yuruvchi armaturani uzluksiz ma‘lum mexanik kuch yordamida stend 
yoki qolipdagi tirgaklarga tortib o‗raydilar. 
Uzluksiz o‗rash davrida elektr tokidan maksimal ravishda foydalanish 
tavsiya etiladi, chunki bu vaqtda tortish uchun mexanik kuchning sarfi kam talab 
etiladi. Elektr toki yordamida armaturani qizdirish harorati 350
0
С dan yuqori 
bo‗lmasligi kerak. 
V.V.Mixaylov tomonidan taklif etilgan uzluksiz armaturalash egiluvchan 
armatura simini katta o‗ramdan tortuvchi mashinanig blok va moslamalari orqali 
o‗tkazilib qolip tagiga mahkamlangan stilindrik sterdenlar yoki qolipning 
tirgaklariga tarang qilib tortishdan iborat. 
Bir yoki ikki parallel egiluvchan armatura simlari (4.26 - rasmda yaxlit 
chiziq ko‗rinishida ko‗rsatilgan) o‗ramdan yechilib, uzatuvchi mexanizm orqali 
posongili tortuvchi stansiya va pinolning tarqatuvchi blokiga o‗tadi, va qolip 
tirgaklarida mustahkam qilib mahkamlanadi. 
Qolip armatura simini o‗rash jarayonida kerakli bo‗lgan bo‗ylama va 
ko‗ndalang harakatlanadigan pinol blokining tagida qo‗zg‗almas qilib o‗rnatiladi 
va mahkamlab qo‗yiladi. O‗zi yuradigan o‗rovchi mashinadan foydalanilganda 
ham uzluksiz armaturalashning sxemasi xuddi shunday. Bu xolda qolip yoki 
stend qo‗zg‗almas xolda bo‗ladi. Ularning bo‗yi bo‗yicha mashina yuradi; bir 
vaqtning o‗zida uning yo‗nalishiga perpendikulyar yo‗nalishda karetka yuradi. 
Armatura simini o‗rash ana shunday usul bilan amalga oshiriladi. 


54 
4.26- rasm. O„zi yurar DN-7 
armatura o„rovchi mashinaning 
sxemasi: 1 - o‘raladigan armatura simi 
(arqoni); 2- karetkani siljish 
mexanizmi; 3 - karetka; 4 - karetka 
pinoli, 5 - uzatish mexanizmi;
6 - bo‘ylama yurish mexanizmi 
uzatmasi; 7 - siljuvchi kontaktlar;
8 - tortish yuki; 9 – bloklar tizimi;
10 – tortish mexanizmi; 11- elektr 
shkafi; 12- chervyakli reduktor,
13- elektr dvigaeli; 14 - armatura simi 
o‘ramini g‘altagi; 15 – tormoz 
mexanizmi; 16 – payvandlash
transformatori. 
O‗rovchi mashina avtomatik ravishda armatura simini o‗rashni boshlash va 
tugatish vaqtida uni mahkamlaydi va kesadi. Temir-beton konstruksiyalarni 
uzluksiz armaturalash ko‗p mehnatni talab etadigan armatura ishlarini 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beradi.
Temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda uzluksiz armaturalash usulidan 
quyidagi ikki turdagi oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda 
foydalanish mumkin: 
a) armaturaning xamma qismi tayyorlanadigan konstruksiyaning ichida 
joylashadi va po‗lat sim yoki arqon maxsus po‗lat vtulkalar atrofidan aylantirib 
o‗tkaziladigan ichki ankerli konstruksiyalar
b) tashqi vaqtinchalik anker-tirgakli bo‗lib, po‗lat sim yoki arqon ular 
atrofidan aylantirib o‗tkazilib tortiladi va po‗lat sim yoki arqon beton qotgunaga 
qadar ana shu anker-tirgaklarga tortilgan xolda turadi. Beton qotgandan keyin 
tashqi chiqib turgan ilmoq kesilgandan so‗ng beton ichida xar xil yo‗nalishda 
ankerlangan to‗g‗ri chiziqli armaturagina qoladi. 
Bosimli temir-beton quvurlarni tayyorlashda metall yoki temir-beton 
o‗zakka spiral armaturani uzluksiz o‗rashda o‗rash stanoklaridan keng 
foydalaniladi (4.27 - rasm). 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling