Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
I BOB. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Download 6,92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
5
I BOB. UMUMIY TUSHUNCHALAR 1.1.Oldindan zo„riqtirilishning vazifalari Beton mustahkam bo‗lishiga qaramay, mo‗rt bo‗lganligi sababli, uning egilishdagi va cho‗zilishdagi mustahkamligi siqilishdagi mustahkamligining o‗ndan birini tashkil etadi. Shuning uchun uning bu ko‗rsatkichini yaxshilash maqsadida uni po‗lat armatura bilan kuchlantiriladi. Egilishga ishlaydigan oddiy temir-beton konstruksiyasiga kuch ta‘sir etganda, u ozgina egiladi va darzlar hosil bo‗ladi (1.1- rasm) va shundash so‗nggina po‗lat armatura eguvchi kuchlar ta‘siriga qarshi ishlay boshlaydi. Ta‘sir etayotgan kuch hisobiy kuchdan oshib ketsa konstruksiya buziladi. Konstruksiyada darzlar hosil bo‗lishini oldini olish usullaridan biri, unga ta‘sir etuvchi kuchlardan miqdori yuqori bo‗lgan bo‗ylama kuch ta‘sir ettirib erishish mumkin. Beton siqilishga yaxshi ishlagani sababli bu bo‗ylama kuch ta‘sirida uning ko‗ndalang kuchlarga qarshilik ko‗rsatish xususiyati ortadi. Bunday usul bilan tayyorlangan konstruksiyalarni - ―oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalar‖ deb ataladi. Shuning uchun ―oldindan zo‗riqtirilgan‖ degan nom shartli ravishdadir va shuning uchun saqlanib qolmoqda va ko‗pgina davlatlarda shu nom bilan atalish qo‗llanilib kelmoqda. Faqatgina Germaniyada qisqagina ―zo‗riqtirilgan temir- beton‖ (Spannbeton) deb ataladi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarning xossalari oddiy (zo‗riqtirilmagan) temir-beton xossalaridan tubdan farq qiladi. Ular o‗rtasidagi asosiy farqlardan biri konstruksiya materiallarining foydalanish vaqtida qo‗yilgan tashqi kuchni turlicha qabul qilishidir. 6 Oddiy temir-betonda qo‗yilgan barcha kuch dastlab darzlar hosil bo‗lguncha faqat beton va qismat armatura tomonidan qabul qilinadi. Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarda esa xamma yuk konstruksiyaning cho‗ziluvchi zonasining armaturasi tomonidan qabul qilinadi. Temir- beton konstruksiyalari oldindan zo‗riqtirilganda quyidagilarga erishiladi: - Mustahkamligi yuqori va oshirilgan armaturadan taranglashtiriluvchi armatura sifatida sarf bo‗ladigan po‗lat miqdorini iqtisod qilish imkonini beradi; - Konstruksiya betonida darzlar hosil bo‗lishiga qarshilikni oshirish, ya‘ni darzlarga chidamlilik, darzlar ochilishini chegaralash imkonini beradi; - Konstruksiya bikrligini oshirish, ya‘ni uning deformativligini kamaytirish hisobiga uzun proletlarni qoplash, juda baland inshootlarni qurish imkoniga erishiladi; - Konstruksiya kesim yuzasini o‗lchamlarini kichraytirish hisobiga uni tayyorlashda sarf bo‗ladigan betonni ham iqtisod qilish imkonini beradi va bu ko‗pgina xollarda konstruksiyaning tannarxini arzonlashtirishga olib keladi; - Ko‗p marta qaytariladigan yuk ta‘sirida ishlaydigan konstruksiyalarning chidamliligini oshiradi; Yuqorida qayd etilgan va ko‗pgina afzalliklar konstruksiyalarni zo‗riqtirib armaturalash usuli bilan tayyorlash jarayonining qiyinligiga qaramay ulardan qurilishda foydalanish kun sayin ortib bormoqda. Afzalliklar shunchalik sezilarli darajadaligi sababli oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashdagi murakkabliklarga qaramay ulardan qurilishda foydalanish sezilarli tarzda rivojlanmoqda. Ba‘zi turdagi konstruksiyalar uchun armaturani taranglashtirib oldindan zo‗riqtirish xanuzgacha yagona yechimlardan biri bo‗lib qolmoqda. Download 6,92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling