Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


Takrorlash uchun savollar


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

 
Takrorlash uchun savollar 
1. Oldindan taranglashtiriladigan armaturaning qanday elementlari bo‗lishi 
mumkin? 
2. Anker deganda nimani tushunasiz va ular nima uchun xizmat qiladi? 
3. Taranglashtiriluvchi armaturalar qanday ulanishi mumkin? 
4. Armaturani qanday usullar bilan taranglashtiriladi? 
5. Oldindan zo‗riqtirish darajasi deganda nimani tushunasiz? 
6. Betonga zo‗riqish kuchi qanday beriladi? 
7. Armaturaning tarangligini qanday o‗lchash mumkin? 
8. Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalar qanday usullarda tayyorlanishi 
mumkin? 
9. Beton qotgunga qadar armaturani taranglash usullarini aytib bering. 
10. Taranglangan armaturalar beton qotgunga qadar armaturadagi kuchlanishni 
qanday ushlab turiladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61 
V BOB. OLDINDAN ZO„RIQTIRILGAN KONSTRUKSIYALARNI
ZAVOD SHAROITIDA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 
 
5.1 Qoliplarning turlari 
Beton va temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda ularni qoliplashga alohida 
e‘tibor berish zarur. Ularni tayyorlash quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi: 

qolip va bortlarini moylash va yig‗ish; 

armatura to‗rlari, karkaslar va metall detallarni talab etiladigan joyiga 
o‗rnatish va mahkamlash, oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni 
tayyorlashda 
esa 
taranglashtiriladigan 
armaturani 
o‗rnatish 
va 
taranglashtirish; 

beton qorishmasini qoliplarga joylash va zichalshtirish. 
Qoliplar temir-beton zavodlaridagi eng ko‗p foydalaniladigan qurilmalar 
bo‗lib ularning narxi temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan uskunalarning taxminan 50%ini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning qabul qilingan shakliga ko‗ra qoliplar quyidagicha 
bo‗lishi mumkin: 

bir joydan boshqasiga ko‗chirilib yuradigan, suriladigan va statsionar (stend 
usulida) (5.1 -rasm);

mahsulotning qoliplash vaqtidagi holatiga ko‗ra gorizontal va vertikal; 
faqatgina qolipning tagidan iborat bo‗lganda ularning borti qoliplovchi 
mashinaga tegishli bo‗ladi;

qoliplar bir (individual) yoki bir necha mahsulotga (guruhga) mo‗ljallangan 
bo‗lishi mumkin; 

ba‘zi xollarda qoliplar ulardagi mahsulotga issiqlik ishlovini berish uchun 
issiqlik bo‗lmasiga ega bo‗lishlari mumkin; 

qoliplar oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun 
kuchli qoliplar va oddiy bo‗lishi mumkin. 


62 
Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlarida plitalar, balkalar
klonnalar, tashqi devor panellari, qobirg‗ali va ko‗p kovakli plitalarni 
tayyorlashda metall tagli va ko‗tarma bortga ega qoliplardan foydalanish keng 
tarqalgan. 
Ishlab chiqarishning agregat oqimli usulida qoliplarni bir postdan 
boshqasiga ko‗chirib o‗tkazish zarurligi uchun qoliplarning mustaxkamligini 
ta‘minlash zarur bo‗ladi. Shuning uchun ularning taglari №14 va №18 shvellerlar 
va qalinligi 8-10 mm bo‗lgan listlardan foydalanib loyihalanadi va tayyorlanadi. 
5.1 - rasmda oldindan zo‗riqtirilgan tavr kesim yuzali kranosti, ikki 
nishabli balkalar va boshqalarni tayyorlash uchun qoliplarning rasmlari 
keltirilgan. Bunday qoliplar armaturaning taranglashtirilganida hosil bo‗ladigan 
zo‗riqish kuchlarini qabul qilganliklari uchun etarli darajada mustaxkam 
bo‗lishlari 
kerak. 
Qismlarga 
ajratiladigan 
qoliplar 
qolipning 
tagi, 
mustahkamlikni ta‘minlovchi qobirg‗alar bilan kuchlantirilgan ikkitadan 
bo‗ylama va ko‗ndalang shitlardan iborat. 

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling